Nihoyat, o‘yinbop ASUS ROG Phone smartfoni sotuvga chiqyapti!

  •   DiMaX
  •  2010
  •  21.09.2018 15:33

Nihoyat, o‘yinbop ASUS ROG Phone smartfoni sotuvga chiqyapti!

Asus kompaniyasi o‘zining geymerlarga moslangan Asus ROG Phone smartfonini shu yil yozning boshidayoq namoyish etgandi. Ammo ishlab chiqaruvchi bu modelini hanuz bozorga taqdim qilmay kelayotir.

O‘QING: Asus ROG Phone: geymerlar kutayotgan smartfon

Yangi xabarlar esa mobil o‘yinlar ishqibozlarini xursand qilishi aniq: GearBest internet-do‘konida ushbu geymerofon savdoga qo‘yildi. Saytdagi tavsifiga ko‘ra, bu global versiyadagi Asus ROG Phone bo‘lib, narxi ham chakkimas – naq 1319 AQSh dollariga teng!

Asus ROG Phone uchun buyurtma rasmiylashtirgan dastlabki xaridorlarga uni oktyabr oyining o‘rtalarida yetkazib berishadi. Devaysning texnik xususiyatlari bilan esa quyidagi maqolamizda tanishib chiqishingiz mumkin:

O‘QING: Asus ROG Phone chaqqonlikda boshqa smartfonlarni orqada qoldiradigan ko‘rinadi

Aytish kerakki, aynan o‘yinbop smartfon sifatida ilk bor Razer Phone qurilmasi taqdim etilgan. Ushbu ishlab chiqaruvchi mazkur smartfonning ikkinchi avlodi – Razer Phone 2 modelini ham yaqin orada namoyish qilmoqchi. Bulardan tashqari Xiaomi Black Shark, Nubia Red Magic va ASUS ROG Phone kabi geymerofonlar chiqqan. Shuningdek, Samsung ham geymerlar uchun smartfon chiqarmoqchi va bu Galaxy X modeli bo‘lishi ham mumkin.

Darvoqe, aynan geymerlarga mo‘ljallangan model bo‘lmasa-da, xuddi Razer Phone 2 singari kuchli Snapdragon 845 protsessori va issiqlik o‘tkazuvchi naychalar orqali sovitish tizimi bilan jihozlangan, Geekbench’da qimmat flagmanlar – OnePlus 6, Mi 8 va hatto Galaxy S9+’larni ortda qoldirgan eng arzon flagmanni Terashop.Uz internet-do‘konimizdan onlayn xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Xushxabar: Xiaomi Pocophone F1 yetib keldi, Terashop.uz’dan xarid qiling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.