Nihoyat, Xiaomi romsiz slayderi – Mi Mix 3 flagmanining taqdimot sanasini rasman aytdi

  •   DiMaX
  •  1233
  •  03.10.2018 15:06

Nihoyat, Xiaomi romsiz slayderi – Mi Mix 3 flagmanining taqdimot sanasini rasman aytdi

«Xitoycha Apple»ning eng kutilayotgan fgamani namoyish etiladigan sana nihoyat aniq bo‘ldi. Xiaomi bu haqda Weibo ijtimoiy tarmog‘i orqali xabar bergan.

O‘QING: Xiaomi’ning yangi – sirli LEX hamda romsiz Mi Mix 3 smartfonlarida maxsus Xiao AI tugmachasi bo‘ladi!

Xabaringiz bor – Mi Mix 3 smartfonini Xiaomi menejerlari allaqachon «jonli» suratlar va videolarda, hatto 5G tarmog‘ida ishlatib ham ko‘rsatishgan. Uning old yuzasini displey deyarli butkul egallagan, atrofida yupqagina romi mavjud. Qurilma slayder form-faktorida ishlangan, ya’ni uning ekrani asosiy korpusdan pastga surilib tushadi va tepadan chiqqan qismda old kamera hamda boshqa datchiklar o‘rin olgan.

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan tizerga ko‘ra, Xiaomi Mi Mix 3 modelini 15 oktyabrda rasman taqdim etishadi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Mi Mix 3 yakka kristalli Snapdragon 845 protsessori hamda 6 yoki 8 gigabaytlik tezkor xotira jo‘rligida ishlaydi. Uning juft modulli bosh kamerasi 20 megapikselli bo‘lib, tasvirni optik barqarorlashtirish tizimiga ega. Simsiz quvvatlash texnologiyasi joriy etilgan ushbu smartfonning 552 dollarga narxlanishi kutilmoqda.

Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda esa Xiaomi’ning bir qator hamyonbop smartfonlarini, shuningdek, «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi arzon flagmani – Pocophone F1 modelini, shuningdek, eng yangi – Redmi Note 6 Pro fabletini ham onlayn xarid qilishingiz mumkin. Ularning barchasiga bir yillik muddatli rasmiy kafolatga ega ekanligi, onlayn tarzda buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashtirilgan Xiaomi Redmi smartfonlarining narxlari (2018 yil 3 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!