Ommabop mobil o‘yin ortiqcha vazndan, kasalliklardan va ichkilikbozlikdan qutulishga sabab bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  699
  •  04.08.2021 10:58

Ommabop mobil o‘yin ortiqcha vazndan, kasalliklardan va ichkilikbozlikdan qutulishga sabab bo‘ldi!

Pokemon Go o‘yinining 77 yoshli madridlik ishqibozi koronavirus sababli o‘zi «ovlangan»i, tayvanlik 72 yashar boboy esa uni deb velosipediga 64 ta smartfon o‘rnatib olgani haqida yozganmiz. Navbatdagi xabarimiz ham shu o‘yin haqida, ammo bu gal uning ijobiy ta’sirini ko‘ramiz.

O‘QING: Pokemon GO chiqqanidan buyon qancha pul ishlab olganini tasavvur ham qilolmaysiz!

Reddit tarmog‘idagi Big_Then nikli foydalanuvchining yozishicha, uning otasi ortiqcha vazndan, bir nechta kasalliklardan va alkogolga qaramlikdan qutulgan. Bunda esa 60 yashar otaga aynan Pokemon Go o‘yini yordam bergan; zero, u uzoq sayrlarni va boshqa geymerlar bilan jonli muloqotni ko‘zda tutadi.

Big_Then yozishicha, otasi bu o‘yinga o‘ta qiziqib qolgan va pokemon ovlash uchun toza havoda ko‘proq sayr qila boshlagan. Bir necha oy orasida esa u tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan – salkam 20 kilogramm ortiqcha vazndan, qandli diabetdan va ichkilikbozlikdan qutulgan. Yana u sog‘lom oziqlanish va faol turmush tarzi tarafdori bo‘lib olgan. Xullasi kalom, ko‘p terlaydigan, nafasi qisadigan, semiz, mudroq boboy go‘yoki yosharib, tetik erkakka aylangan.

Shifokorlar unga yangi ermagi – Pokemon Go o‘yinini tashlab qo‘ymaslikni, sog‘lom turmush tarziga amal qilishda davom etishni maslahat berishmoqda. Shunda eski kasalliklari qaytishi ehtimoli ancha pasayadi.

O‘QING: Ruhiy buzilishlarning qaysi turlarini davolashda qanday videoo‘yinlar foydali?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!