Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (32 hafta)
O‘tgan haftada bir qancha yangi smartfonlar taqdim etildi. Natijada, 32 haftada jadval umuman o‘zgarib ketdi.
Samsung kompaniyasining yangi buklamafoni - Galaxy Z Fold4 reytingning birinchi pog‘onasidan o‘rin oldi. Undan keyingi o‘ringa Xiaomi kompaniyasining Mix Fold2 buklamafoni joylashgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Galaxy S22 Ultra modeli yakun yasab berdi.
O‘tgan haftada taqdim etilgan yana bir buklanuvchi smartfon - Galaxy Z Flip esa to‘rtinchi o‘rinni band etdi. Undan keyingi ikki o‘ringa mos ravishda Redmi Note 11 va Galaxy A53 smartfonlari joylashdi.
iPhone 13 Pro Max o‘tgan haftadagi yettinchi o‘rinni saqlab qolgan bo‘lsa, Nothing phone (1) uchinchi o‘rindan sakkizinchi o‘ringa tushib ketdi.
Qiziqarli tomoni shundaki, to‘qqizinchi o‘rin smartfonga emas, balki smart soatga nasib etdi. Galaxy Watch5 Pro - o‘tgan haftada Z Fold4 va Z Flip4 buklamafonlari bilan birga taqdim etilgan edi. Reytingni esa iPhone XR yakunlab berdi.
Ushbu haftada reytingni Google Pixel 6a, Galaxy A13, Asus Zenfone 9 va OnePlus 10T modellari tark etdi.
Samsung Galaxy Z Fold4
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi : reytingga kirmagan
Xiaomi Mix Fold2
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi : reytingga kirmagan
Samsung Galaxy S22 Ultra
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Samsung Galaxy Z Flip4
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi : reytingga kirmagan
Xiaomi Redmi Note 11
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Samsung Galaxy A53 5G
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Apple iPhone 13 Pro Max
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Nothing phone (1)
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Samsung Galaxy Watch5 Pro
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi : reytingga kirmagan
Apple iPhone XR
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 10