OnePlus rahbari OnePlus 6’ning taqdimot vaqti va xususiyatlarini aytdi

  •   DiMaX
  •  1241
  •  12.01.2018 09:06

OnePlus rahbari OnePlus 6’ning taqdimot vaqti va xususiyatlarini aytdi

Romsiz ekranli OnePlus 5T smartfonining savdosi boshlanganiga hali ikki oy ham to‘lmay turib, Xitoy korporatsiyasi keyingi flagmanini tayyorlamoqda. OnePlus bosh direktori Pit Lau kuni kecha CNET nashriga bergan intervyusida OnePlus 6’ning taqdimot vaqti hamda asosiy texnik xususiyatlari haqida ma’lumot berdi.

O‘QING: OnePlus 5T taqdim qilindi: ilg‘or gadjet eski narxda!

Kompaniya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, OnePlus 6 smartfoniga faqatgina 2,8 GGs takt chastotasida ishlovchi 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 845 flagman protsessori o‘rnatilishi mumkin. Bu degani – yangi smartfon dunyodagi eng qudratli Adreno 630 grafik tezlatgichiga ega bo‘ladi. Shuningdek, OnePlus 6 modeli biryo‘la uchta eng yangi texnologiyani ham o‘zida mujassam etadi: Wi-Fi 802.11ad (yangi standart), Bluetooth 5.0 va albatta NFC.

Yangi flagmanning qachon namoyish etishi masalasiga kersak, Pit Lau so‘zlariga ko‘ra, uni joriy yil ikkinchi choragining ikkinchi yarmida taqdim etiladi. Ya’ni, bu smartfonni iyun oyida ko‘rishimiz mumkin bo‘lar ekan.

Shuningdek, OnePlus bosh direktori yana bir narsaga shama qilib o‘tgan: OnePlus 6 modeli 2018 yilda korporatsiya chiqaradigan yagona smartfon bo‘ladi; ya’ni, bu yil «T» qo‘shimchali ikkinchi model chiqarilmaydi. Lekin bu borada hali bir qarorga kelishmagan ko‘rinadi.

O‘QING: OnePlus 5T iPhone, Samsung hamda Google flagmanlarini yana uyaltirdi