O‘ta qimmat Galaxy S20 Ultra’dan buni hech kim kutmagan edi!

  •   DiMaX
  •  3062
  •  08.04.2020 15:54

O‘ta qimmat Galaxy S20 Ultra’dan buni hech kim kutmagan edi!

Samsung kompaniyasining Galaxy S20, Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlari anchagina baland narxga ega. Xususan, bularning uchinchisi o‘ta qimmatligi sababli yaxshi sotilmasligi prognoz qilingan.

O‘QING: Galaxy S20 Ultra tannarxi hisoblandi – Samsung uni necha baravar qimmatga sotyapti?

Buni qarangki, uchta smartfon orasida aynan shu Galaxy S20 Ultra eng zo‘r sotilayotgan ekan! Bu xususda Samsung’ning yangi flagman turkumi uchun kameralar yetkazib berish tizimiga kiruvchi Mcnex kompaniyasi xodimi ma’lum qilgan.

Gap shundaki, Samsung keyingi paytlarda 40 megapiksellik old kamera datchigi hamda 12 megapiksellik o‘ta keng burchakli kamera sensori uchun buyurtmalar miqdorini sezilarli darajada oshirgan. Bu ikkala modul esa aynan Galaxy S20 Ultra modelida qo‘llanadi.

O‘QING: Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra’larning barcha farqlarini bittada ko‘rib chiqamiz

Galaxy S20 turkumi vakillarining o‘tgan yilgi Galaxy S10 flagmanlaridan ko‘ra kamroq sotilayotganini Samsung’ning o‘zi ham tasdiqlagan. Lekin uchta yangi model orasidan eng qimmati – Galaxy S20 Ultra sotilish hajmi narigi ikkitasining umumiy savdo hajmi bilan deyarli baravar ekan. Dunyoda hozirgi vaziyatni hamda 1400 dollarlik narxni hisobga olganda, bu natija hayratga solishi turgan gap.

Yana shunisi ham borki, Galaxy S20 smartfonlari hamma joyda ham birdaniga to‘liq narxi evaziga sotilayotgani yo‘q. Boshida savdosi chatoq bo‘lgani sababli, Samsung mazkur flagmanlarini muddatli to‘lov bilan sotishni yo‘lga qo‘ygan, turli aksiyalar uyushtirgan.

Darvoqe, AnTuTu benchmarkiga ko‘ra mart oyidagi eng zo‘r flagmanlar TOP-o‘ntaligidagi naq oltita o‘rinni Galaxy S20 smartfonlari egallaganidan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Galaxy S20 Ultra avtonomlik testida iPhone 11 Pro Max’ni zo‘rg‘a yengdi, lekin g‘olib – bulturgi flagman!

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!