O‘zbekistonda ilk 5G tijoriy tarmog‘i ishga tushdi!

  •   DiMaX
  •  4744
  •  08.04.2021 17:45

O‘zbekistonda ilk 5G tijoriy tarmog‘i ishga tushdi!

Bir yarim yilcha avval Ucell uyali aloqa operatori O‘zbekistonda ilk bor tijoriy 5G tarmog‘ini ishga tushirishini e’lon qilgan edi. Bugun – 2021 yilning 8 aprel sanasidan mobil aloqaning beshinchi avlodi – 5G yangi texnologiyasi foydalanuvchilarga taqdim etildi!

O‘QING: Beshta hududdagi abonentlarga «Bahorgi syurpriz» bor: 2000 daqiqa, 2000 SMS va 2 GB internet!

Kompaniyaning rasmiy xabariga ko‘ra, birinchi bosqichda 5G texnologiyasi faqat «Toshkent Sity» biznes markazi hududida taqdim etiladi.

Beshinchi avlod aloqasi – bu shunchaki o‘ta tezkor internet emas, balki xizmatlarning va turmushning mutlaqo o‘zgacha sifatidir. Mobil aloqa kontekstida real shart-sharoitlarda erishilgan 5G tezligi taxminan 1 Gbit/coniyaga tenglashadi. Shu tariqa, ma’lumot uzatish tezligi 4G texnologiyasi imkon berganidan 10-100 karra yuqoriroqdir.

Ucell taqdim etayotgan 5G – bu:

  • 1 Gb/soniyagacha o‘ta yuqori tezlikdagi mobil Internet;
  • Bugunoq smartfoningizda juda tezkor, barqaror internet;
  • Biznes, ko‘ngilochar o‘yinlar, muloqot va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan mobil Internetdan tushunarli va qulay tarzda foydalanish;
  • Har bir abonent uchun ma’qul va hamyonbop tarif rejalari.

2021 yilning 8 aprel sanasidan boshlab Ucell’ning 5G tarmog‘iga Toshkent shahridagi Ucell ofislarida ulanish mumkin. Va bu hali hammasi emas! 2021 yil 31 maygacha atigi 5000 so‘mga Siz 5G tarmog‘ida cheksiz internetni ulatish imkoniga egasiz.

Ucell’ning 5G tarmog‘i, ulanish shartlari, qamrov hududi va 5G-internet to‘plami haqidagi batafsil ma’lumotni mana bu havola orqali operator saytidan olish mumkin.

O‘QING: O‘ttiz to‘rt dollarlik 5G-smartfonga nima deysiz?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.