«Pentakamerali» Nokia 9 «damini olsin» – LG kamerasi naq 16 modulli smartfon chiqaradi!

  •   DiMaX
  •  1205
  •  26.11.2018 11:13

«Pentakamerali» Nokia 9 «damini olsin» – LG kamerasi naq 16 modulli smartfon chiqaradi!

Ayni damda asosiy kamerasidagi datchiklari soni bo‘yicha  Samsung Galaxy A9 yetakchi kamerofon hisoblanadi. Shuningdek, Meizu Note 8 Plus fabletining bosh kamerasi ham to‘rt modulli bo‘lishi kutilmoqda. Anchadan beri kutilayotgan Nokia 9 esa besh ob’yektivli kameraga ega bo‘ladi.

O‘QING: Besh modulli inqilobiy kamerali Nokia 9 g‘ilofining suratlari chiqdi!

Lekin LG kompaniyasi bularning barchasini ortda qoldirishga bel bog‘lagan: u loyihalashtirilayotgan smartfonning asosiy kamerasi naq 16 ta tasvir datchigiga ega!

To‘g‘ri, bu qurilma hali qog‘ozdagina mavjud, uyam hali patent ko‘rinishida, lekin bu konsept baribir qiziqarli. Bundan tashqari, kameraning 16 moduli bitta qabariq taglikka o‘rnatiladi. Bu esa tasvirni turli burchaklardan qamrab olish imkonini beradi.

Shuningdek, kamera ostiga o‘rnatilgan ko‘zgu ham g‘ayrioddiy ko‘rinadi. Uning nimaga mo‘ljallanganligi hozircha ma’lum emas. Ehtimol, LG old kameradan voz kechib, selfi uchun uning o‘rniga ham asosiy kamerani qo‘llamoqchi bo‘layotgandir. Bunda ko‘zgu tasvirni to‘g‘ri sozlashga yordam beradi; smartfonning old yuzasi esa to‘liq ekran bilan qoplanishi mumkin bo‘ladi.

O‘QING: LG allaqachon buklama smartfondan tashqari o‘raluvchi OLED-televizor ham tayyorlagan! (+«jonli» video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!