Proyektorli smartfon taqdim qilindi

Proyektorli smartfon taqdim qilindi

Las-Vegasda davom etayotgan CES 2018 ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilgan texnoshouda Moviphone mobilnigi taqdim qilindi. Amerikalik Wireless Mobi Solutions kompaniyasiga qarashli telefon tomidan o‘rin egallagan proyektori bilan o‘ziga xos.



Poyektorni ishga tushirish uchun maxsus ilova kerak bo‘ladi. Ekran taralayotgan nur devorda 100 dyuymli ekranni hosil qiladi. Bu ekrandagi piksellar miqdori esa 1280x720 hamda yorug‘lik darajasi 50 lm.

Smartfon texnik jihatdan oddiy smartfonlardan farq qilmaydi. Moviphone 5,5 dyuymli hamda FullHD sig‘imli displey, 8 yadroli MT6750 chipi, 3/4 Gb operativ xotira hamda 32/64 Gb doimiy (microSD 128 Gb.gacha) xotiraga ega bo‘lgan.

Gadjetda barmoq izlari skaneri ham bor. Bosh kamera uchun 13 Mp, old kamera uchun 8 Mp aniqligidagi kamera sensorlari o‘rnatilgan. Android Nougat operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydigan devays quvvati uchun 4000 mA soat tok jamlashga mo‘ljallangan akkumulyator mas’ul. Proyektorni yoqqanda bu quvvat 4 soat ishlash uchun kifoya qiladi.

Smartfon o‘lchamlari: 153,06x75,64x10,28 mm, vazni 200 gramm. Moviphone ayni paytda $599 dollardan sotuvga chiqarilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!