Qachondan boshlab hamma smartfonlar qadoqdan Android 10'da ishlaydi?

Qachondan boshlab hamma smartfonlar qadoqdan Android 10'da ishlaydi?

Android 10 sentyabr oyida chiqarilganidan yaxshi xabardorsiz. Yangi operatsion tizim birinchi bo‘lib Google Pixel smartfonlariga jo‘natigani, OnePlus'ning yangi smartfoni esa qadoqdan ushbu platforamada ishlovchi ilk smartfon ekanligi haqida ham xabar bergan edik. Biroq boshqa smartfonlar foydalanuvchilari qachondan boshlab undan foydalana oladi? Bu, albatta, ishlab chiqaruvchi smartfon modeliga bog‘liq jihat hisoblanadi.

Biroq bu yerda yana bir masala bor. Qachondan boshlab barcha Android smartfonlari qadoqdan Android 10'da ishlaydi?
Google kompaniyasi ishlab chiqaruvchilarga bu borada talab qo‘ydi. 2020 yil 31 yanvardan keyin ishlab chiqariluvchi barcha samrtfonlarga Android 10 o‘rnatilib sotuvga chiqarilishi shart. Bu haqda XDA Developers sayti xabar bermoqda. Mauntin-Vyu kompaniyasining bu harakatidan ko‘zlangan maqsad Android foydalanuvchilariga doimiy ravishda xavfsizlik yangilanishlarini yuborib tura olish uchun barcha ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlatiga eng so‘nggi tizimni o‘rnatgan bo‘lishini kafolatlashdir.

Android'ning egasi sifatida Google smartfonsozlarga taqdim qiladigan paket GMS (Google Mobile Services) deb nomlanib, Google ilovalari, Google Play Store hamda Xitoydan tashqaridagi barcha smartfonlarda bo‘ladigan Google Play Services kabilarni o‘z ichiga oladi. Eng katta yagona istisno Huawei'ning Mate 30 seriyasi vakillari bo‘lib, ushbu smartfonlar AQShning savdo taqiqi sabab Google ilovalaridan mahrum etilgan.

O‘QING: Istalgan Android-smartfonning barmoq izi skaneriga tezkor funksiyalar qo‘shamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!