Qaysi ijtimoiy tarmoq bolalar uchun eng xavfli deb topilganini bilasizmi?
Rossiyada o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatdiki, respondentlarining 56% i agar farzandlari TikTok'da ko‘p vaqt sarflasa, bundan xavotirga tushadi. Shu bilan birga, respondentlarning taxminan uchdan bir qismi VKontakte'ning xavfsizligiga shubha bilan qaraydi.
O‘QING: TikTok'ga yangi raqobatchi: YouTube Shorts Rossiyaga kirib kelmoqda
YouTube va Instagram esa katta yoshli ruslar orasida eng xavfli deb topildi.
Shuningdek, Gazeta.ru ma’lumotlariga ko‘ra, so‘rovda qatnashganlarning taxminan 17% i ijtimoiy tarmoqlarni bolalar uchun kamida minimal xavfli deb hisoblamaydi.
ESET vakili TikTok'dan xavotirda bo‘lgan ota-onalar ijtimoiy tarmoqda «Oilaviy sozlamalar» funksiyasidan foydalanishlari mumkinligini eslatib o‘tdi. Uning yordami bilan siz bolalarning dasturdan foydalanish muddatini belgilashingiz va kontentni filtrlashingiz mumkin.
O‘QING: TikTok va Twitter cheklangani haqida Kusherbayev: «Men qarshi bo‘lgan foydasiz qonun»