Qaysi smartfonlar naq Android 14 talqinigacha yangilanadi?

  •   DiMaX
  •  2114
  •  28.12.2020 18:32

Qaysi smartfonlar naq Android 14 talqinigacha yangilanadi?

Kuni kecha Counterpoint tahlil kompaniyasi e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, Qualcomm endi mobil protsessorlar bozorida lider emas. Lekin amerikalik chipsozning sal avvalroq Google bilan birga bergan qo‘shma bayonoti baribir uning ustunligidan dalolatdir.

O‘QING: 2021 yilgi flagmanlar protsessori benchmark testlarida o‘z kuchini ko‘rsatdi!

Qidiruv giganti va Qualcomm yaqinda yangi hamkorlik bitimi haqida e’lon qilishgan. Unga ko‘ra, ushbu chipsozning navbatdagi protsessorlari bazasida tayyorlanadigan mobil qurilmalarning Android operatsion tizimining eng yangi talqinlarigacha yangilanish jarayoni soddalashadi va tezlashadi.

Odatda turli smartfon va planshetlar taqdim qilingan paytidagidan keyingi bir yo ikkita operatsion tizim versiyasigacha yangilanadi. Qualcomm va’da berishicha, Snapdragon 888 modelidan boshlab kompaniyaning protsessorlari Android tizimining navbatdagi to‘rtta talqinigacha yangilanadi va to‘rt yil davomida xavfsizlik yangilanishlarini ham olib turadi. Bu degani, Snapdragon 888 protsessori va Android 11 tizimi bilan chiqqan smartfonlar Android 14 versiyasiga qadar barcha yirik apdeytlarni qabul qiladi!

Bundan tashqari, Qualcomm vakillarining ta’kidlashicha, yangi qoidalar kompaniyaning nafaqat flagman chipsetlariga, balki endi namoyish qilinuvchi hamyonbop protsessorlariga ham tatbiq etiladi.

Darvoqe, mazkur dastur doirasidagi ilk smartfon bugun – 28 dekabrda taqdim qilinayotgan Xiaomi Mi 11 flagmani bo‘lyapti.

O‘QING: 28 dekabrdanoq MIUI 12.5 proshivkasi keladigan 23 xildagi Xiaomi va Redmi smartfonlari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!