«Qora beva» hamda Xiaomi flagmani bir-birini reklama qiladi (+video)

  •   DiMaX
  •  1175
  •  08.07.2021 11:43

«Qora beva» hamda Xiaomi flagmani bir-birini reklama qiladi (+video)

Yangi jangari film – «Qora beva» («Black Widow») premerasi arafasida Xiaomi kompaniyasi Marvel Studios bilan hamkorlikda reklama kampaniyasini ishga tushirdi. E’lon qilinishicha, Xiaomi Mi 11 flagmani mazkur filmning rasmiy smartfoni bo‘lyapti.

O‘QING: Mashhur videoo‘yin asosidagi film xitga aylanib, bir haftadayoq o‘zini qopladi! (+treyler)

Reklama kampaniya bir vaqtning o‘zida Yevropaning yettita mamlakatida olib borilmoqda. «Qora beva» filmining premerasi esa 9 iyul – juma kuniga tayinlangan.

Mazkur hamkorlik doirasida yangi treyler ham e’lon qilindi – unda Xiaomi Mi 11 flagmanining o‘ziga xos xususiyatlari filmdan olingan parchalar bilan birga aks ettirilgan:

Eslatib o‘tamiz, «Xitoycha Apple» yaqindagina Xiaomi Studios nomli o‘z inostudiyasini ochgan va unda siz ham rejissyorga aylanishingiz mumkin.

Biz avval «Oushenning 11 do‘sti» filmining rejissyori Reddit kamerasidan voz kechib, mana bu smartfonda kino olayotgani haqida yozgan edik. Shuningdek, Apple badiy filmlarda ma’lum toifa kishilarning iPhone ishlatishini qat’iyan taqiqlagani ham qiziq. Fantastik filmlardan kirib kelgan to‘qqizta texnologiya, shuningdek, videoo‘yinlarga ko‘chgan mashhur fantastik kinolar haqidagi ma’lumotlarga ham nazar solishni tavsiya etamiz.

O‘QING: Yomg‘ir, tuyoq tovushi va suyuk metall: Kinoda ovoz qanday yaratiladi