Qualcomm arzon 5G-smartfonlar uchun Wi-Fi 6’ni ham qo‘llovchi Snapdragon 690 chipini chiqardi

  •   DiMaX
  •  464
  •  17.06.2020 13:44

Qualcomm arzon 5G-smartfonlar uchun Wi-Fi 6’ni ham qo‘llovchi Snapdragon 690 chipini chiqardi

Beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlovchi hamyonbop smartfonlar odatda Snapdragon 765G chipseti yoki Mediatek kompaniyasining turli protsessorlari bazasida tayyorlanmoqda. Lekin yaqin orada vaziyat o‘zgaradi – bugun Qualcomm o‘zining eng arzon 5G-protsessorini taqdim etdi.

O‘QING: AnTuTu yangi reytingda har kimning joyini ko‘rsatib berdi (2020 yil may)

Yangi mahsulot Snapdragon 675 davomchisi sifatida, 8 nanometrlik texnologik jarayon asosida tayyorlangan va Snapdragon 690 deb nomlangan. Mazkur chipset avtonom va noavtonom tarmoq arxitekturalari (SA va NSA) bilan moslikda ishlovchi Snapdragon X51 rusumli 5G-modemni ham o‘z ichiga oladi.

Snapdragon 690 protsessorining markaziy yadrolari sakkizta: 2.0 GGs.gacha takt chastotasida ishlovchi ikkita ARM Cortex-A77 yadrosi, 1.7 GGs.lik oltita ARM Cortex-A55 yadrosi. Uning jamlanmasiga kirgan Adreno 619L grafik tezlatgichi esa grafikani Snapdragon 675 protsessoridagidan ko‘ra 60 foizga tezroq qayta ishlay oladi.

O‘QING: Samsung arzonroq 5G-smartfonlar uchun yangi protsessor taqdim etdi

Qualcomm’ning ushbu chipseti smartfonning kamerasi 192 megapiksellikkacha bo‘lishiga, soniyasiga 30 kadr tezligida 4K sifatli HDR-video yozib olishiga imkon beradi. Ushbu protsessor sharofati bilan telefonning displeyi FHD+ formatigacha, unda kadr yangilanish chastotasi esa 120 gersgacha bo‘lishi mumkin. Snapdragon 690 yana FastConnect 6200 tezkor ulanish tizimiga yangi avlod – Wi-Fi 6 tarmog‘ini, shuningdek, Quick Charge 4+ tezkor quvvatlash texnologiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Snapdragon 690 bazasidagi ilk qurilmalar shu yilning ikkinchi yarmida paydo bo‘ladi. Hozirda HMD Global, LG, Motorola, Sharp, TCL va Wingtech kompaniyalari ushbu chipsetni o‘zlarining yangi modellarida qo‘llashlarini aytishgan. Ammo hali bu protsessor taqdim etilmasidanoq xitoylik bir kompaniya uning bazasida eng arzon 5G-smartfon tayyorlayotgani ma’lum bo‘lgan...

O‘QING: Dunyodagi eng arzon 5G-smartfonni Huawei taqdim etdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!