realme 9 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz
realme subbrendi kecha o‘zining realme 9 Pro va realme 9 Pro+ qurilmalarini taqdim etgan edi. realme 9 Pro o‘tgan yilgi realme 8s 5G smartfonining, 9 Pro+ esa avvalgi 8 Pro'ning yangi avlodi hisoblanadi.
O‘QING: Motorola Moto G200 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz
Agar yangi realme 9 Pro modelini eski 8 Pro modeli bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, uning texnik jihatlarida pasayish bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Agar 8s 5G modeli bilan taqqoslansa, 9 Pro'ning texnik jihatdan ancha o‘sgan.
Qurilmaga yana LCD displeyi o‘rnatilgan, biroq uning yorqinlik darajasi yuqori va u 120Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Chipset Snapdragon 695'ga o‘zgargan, shuningdek, keraksiz sath kamera o‘rniga foydaliroq ultrakeng kamera o‘rnatilgan. Akkumulyator sig‘imi esa 8s 5G modeliniki bilan bir xil.
realme 9 Pro'ning texnik jihatlari:
> Korpus: 164.3x75.6x8.5mm, 195g; old panel shisha, orqa panel plastik, plastik rom.
> Displey: 6.60 dyuymli IPS LCD, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, 240Hz sensorli namuna olish chastotasi, 430 nit yorqinlik (o‘rtacha), 1080x2412 piksel rezolyusiya, 20:9 forma faktori, 399ppi zichlik.
> Chipset: Qualcomm SM6375 Snapdragon 695 5G (6 nm): Sakkiz yadroli (2x2.2 GHz Kryo 660 Gold & 6x1.7 GHz Kryo 660 Silver); Adreno 619.
> Xotira: 6/128GB, 8/128GB; UFS 2.2, microSD uyasi.
> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, realme UI 3.0.
> Kamera: Asosiy kamera: 64MP, f/1.8, 26mm, PDAF; Ultrakeng kamera: 8 MP, f/2.3, 119˚, 16mm, 1/4.0“, 1.12µm; Makro kamera: 2 MP, f/2.4.
> Selfi kamera: 16 MP, f/2.0, (keng), 1/3.0“, 1.0µm.
> Video yozuv: Asosiy kamera: 1080p@30 kadr/sek, 720p@60 kadr/sek, gyro-EIS; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek.
> Akkumulyator: 5000 mAs; 33 vatt tezkor quvvatlash texnologiyasi.
> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); 3.5 mm audio jek, NFC.
realme 9 Pro va 9 Pro+ modellari o‘z rangini quyosh nurlari ostida o‘zgartira oladi. realme 9 Pro+ modeli oddiy Pro modelga qaraganda kuchliroq chipset va kameralar, bundan tashqari, yanada tezkorroq quvvatlash texnologiyasiga ega.
Oddiy Pro model ham yaxshi smartfon. Unga barqaror Snapdragon 695 chipi hamda 120Hz chastotada ishlovchi nisbatan kattaroq 6.6 dyuymli displey o‘rnatilgan. Agar 120Hz chastotani qo‘llab-quvvatlovchi displey yoki kattaroq sig‘imdagi akkumulyator muhim bo‘sla, u holda realme 9 Pro'ni tanlagan ma’qul.
Qadoq tarkibi
Smartfon odatdagidek sariq qutida sotiladi. Quti ichidan smartfon bilan birga 33 vatt quvvatlash adapteri, USB-C kabeli, shaffof silikon g‘ilof hamda SIM-karta ejektori o‘rin olgan.
O‘QING: Motorola Moto G51 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz