Redmi 7’dan avval uning «kushanda»si – arzon, ammo «beli baquvvat» Realme 3 taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  1900
  •  04.03.2019 15:04

Redmi 7’dan avval uning «kushanda»si – arzon, ammo «beli baquvvat» Realme 3 taqdim etildi!

Xiaomi kompaniyasining Redmi turkumidagi arzon smartfonlar bilan raqobatga kirishish uchun Oppo yangi – Realme brendini joriy etganidan xabaringiz bor. «Xitoycha Apple» ikki kundan keyin Redmi 7’ni namoyish etadigan bo‘lsa, raqibi allaqachon Realme 3 modelini taqdim qildi.

O‘QING: 105 dollarlik Realme C1 (2019) taqdim etildi, lekin uni siz sotib ololmaysiz!

Oppo ushbu yangi qurilmasi taqdimotini Hindistonda o‘tkazdi va u ushbu mamlakat bozorida 125 dollardan boshlanuvchi narxlarda sotiladi. Shu qiymat evaziga samaradorligi yaxshi bo‘lgan MediaTek Helio P70 protsessorli smartfon – juda zo‘r taklif.

Realme 3 diagonaliga 6,2 dyuymlik HD+ ekran bilan ta’minlangan. Uni tezkor xotirasi 3 va 4, doimiysi esa 32 va 64 gigabaytlik variantlarda olish mumkin. Smartfoning bosh kamerasi «sun’iy ong»li va qo‘shaloq – 13 va 2 megapiksellik, old kamerasi ham 13 megapiksellik datchiklarga ega.

Ushbu arzon smartfon o‘zining avtonomligi bilan ham e’tiborga loyiq bo‘ladi: shu arzon holida unga 4230 mA/soatlik akkumulyator o‘rnatilgan. Realme 3 yana eng yangi – Android Pie operatsion tizimi, microUSB porti va gradiyent tusli korpusi bilan ham maqtana oladi.

Aytish kerakki, Oppo smartfonlari o‘zbekistonga rasman kirib kelmagan, xitoycha Redmi Note 7 modelini O‘zbekistonda hozircha faqat AliExpress’dan buyurtma orqali sotib olish mumkin. Jahon bozoriga chiqarilgan ayrim Xiaomi smartfonlarini esa 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Redmi Note 7 Pro «kushandasi» 11 martdan sotuvga chiqyapti!