Redmi 9 Power namoyish kuni ma’lum: bunisi qanaqa smartfon bo‘ldi endi?

  •   DiMaX
  •  2717
  •  04.12.2020 11:30

Redmi 9 Power namoyish kuni ma’lum: bunisi qanaqa smartfon bo‘ldi endi?

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi subbrendi yaqinda Redmi Note 9 5G, Redmi Note 9 Pro 5G hamda Redmi Note 9 4G rusumli smartfonlarini taqdim etgan. Mazkur modellarini Redmi 1 dekabrdan ochiq savdoga chiqargan, lekin Pro-versiyasi ungacha ham rekord o‘rnatib bo‘lgan edi. Bulardan tashqari...

O‘QING: 6000 mAs batareyali, 129 dollarlik Xiaomi smartfoni yarim soatda 70 mingta sotildi!

Taniqli insayder Mukul Sharma (Mukul Sharma) to‘liq ishonch bilan yozishicha, bu kompaniya 15 dekabr kuni Hindistonda navbatdagi taqdimot marosimini o‘tkazadi. Unda mahalliy bozorda Redmi 9 Power nomi ostida sotiluvchi smartfon namoyish qilinadi.

Nomi yangicha bo‘lgani bilan, Redmi 9 Power butkul yangi modeldagi smartfon emas. U o‘tgan hafta Xitoyda taqdim etilgan Redmi Note 9 4G gadjetining Hindiston bozori uchun qayta nomlangan – reneyming qilingan versiyasidir. Zero, bu mamlakatda mazkur smartfonni o‘z yurtidagi nomi bilan sotishning iloji yo‘q – 5G tarmog‘ini qo‘llamaydigan Redmi Note 9 nomli boshqa devays oldinroq chiqqan va allaqachon «Fillar o‘lkasi»da ham sotilyapti.

Shu tariqa, 26 dekabr kuni Xitoyda Redmi Note 9 4G nomi ostida taqdim etilgan ushbu yangi smartfon kelajakda Hindistondan boshqa mamlakatlar, xususan, O‘zbekiston bozorida ham Redmi 9 Power nomi bilan sotilishi mumkin. Uning narxi hozircha noma’lum, asosiy texnik xususiyatlari bilan esa mana bu xabarimizda tanishish imkoni mavjud.

O‘QING: O‘rta narxli o‘nta eng kuchli smartfon (AnTuTu, 2020 yil noyabr)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!