Redmi 9 taqdim etilmay turib sotila boshladi: xususiyatlari, rasmiy suratlari va narxi!

  •   DiMaX
  •  3275
  •  06.06.2020 11:04

Redmi 9 taqdim etilmay turib sotila boshladi: xususiyatlari, rasmiy suratlari va narxi!

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi hali Redmi 9 modelini rasman namoyish qilgani yo‘q. Lekin kompaniyaning o‘zi uni allaqachon AliExpress onlayn bozoridagi o‘z rasmiy do‘konida sotuvga chiqardi!

O‘QING: Redmi yangi smartfonini bozorga chiqarib, oldingi ikkitasini arzonlashtirdi

Redmi 9 diagonaliga 6,53 dyuymlik LCD-ekranga ega, displeyi Full HD+ formatida (2340x1080 piksellik). Bosh kamerasi 13 + 8 + 5 + 2 megapiksellik, selfi-kamerasi esa 8 megapiksellik sensorlardan iborat.

Smartfon MediaTek Helio G80 protsessoriga ega, uning 5020 mA/soatlik akkumulyatori 18 vattlik tezkor quvvatlanadi. Korpusida infraqizil port, standart quloqchin tirqishi va USB Type-C porti mavjud. Redmi 9 modelida Wi-Fi, Bluetooth 4,2, GPS kabilardan tashqari, NFC moduli ham bor ekan!

O‘QING: Beshta modeldagi Xiaomi smartfoniga global MIUI 12 proshivkasi kela boshladi! (+havola)

Lekin uning narxi avval kutilganidek past emas, hatto ishonib bo‘lmas darajada yuqori! Xiaomi tezkor/doimiy xotirasi 4/64 gigbaytlik Redmi 9 uchun naq 599 dollar so‘rayapti!

Smartfonning 3/32 gigabaytlik varianti sahifasi esa negadir ochilmayapti. Aftidan, Redmi 9 shu kunlarda taqdim qilindi va shundan keyin haqiqiy narxi ham rasman e’lon qilinadi.

O‘QING: Koronavirus vahimasi: AliExpress’dan keladigan tovarlar qanchalik xavfli?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!