Redmi flagmani keskin arzonlashdi – narxidagi farqining o‘ziga yana bitta smartfon olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  4595
  •  10.07.2020 12:09

Redmi flagmani keskin arzonlashdi – narxidagi farqining o‘ziga yana bitta smartfon olish mumkin!

Kuni kecha Xiaomi kompaniyasi Redmi K20 Pro smartfonini arzonlashtirib, eng arzon Redmi 9A modelini xalqaro bozorga tayyorlagani haqida yozgandik. Bundan tashqari, u Redmi K30 turkumidan uch millionta sotganidan so‘ng Redmi K30 4G modelining narxini ham tushirgan.

O‘QING: Xiaomi ikkita smartfoniga barqaror MIUI 12, yana biriga esa allaqachon MIUI 12.0.1 proshivkasini tarqatyapti!

Kompaniya endi beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlovchi Redmi K30 flagmanini ham birdaniga keskin arzonlashtirdi. Xitoyda uning tezkor/ichki xotirasi 6/64 gigabaytlik varianti avval 349 dollardan sotilgan bo‘lsa, endi 229 dollardan taklif etilyapti. Farqi 120 dollarni tashkil etadi; bu pulga esa yana bitta smartfon olsa bo‘ladi, axir!

Aytish kerakki, ayni shu Redmi K30 flagmani iyun oyida AnTuTu servisining dunyo bo‘yicha eng kuchli hamyonbop smartfonlar reytingida barcha raqiblarini «yer tishlatgan».

O‘rni kelganda eslatib o‘tamiz: Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: 4 iyulgacha barqaror MIUI 12’ga yangilangan va tez orada yangilanadigan barcha Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!