Redmi K20 ilk rasmiy suratda: «katta iblis» kutilganidan boshqacharoq ekan!

  •   DiMaX
  •  3804
  •  23.05.2019 10:49

Redmi K20 ilk rasmiy suratda: «katta iblis» kutilganidan boshqacharoq ekan!

AnTuTu’da salkam 460 000 ballik rekord qo‘ygan eng arzon flagman – Redmi K20 taqdimot kunini Xiaomi rasman aytgan. Uning shu paytgacha tarqalgan suratlari norasmiy bo‘lib, asosan insayderlarga tegishli.

O‘QING: Haqiqatan «katta iblis»: Redmi K20’ning yana bir flagmancha xususiyati e’lon qilindi

Endi esa Xiaomi vitse-prezidenti Lu Veybing o‘zining Weibo-akkaunti orqali mazkur flagmanning birinchi rasmiy suratini e’lon qildi. Shu kungacha Redmi K20 bosh kamerasi orqa panelning yuqori chap burchagida joylashgan, deb kelingan edi, aslida esa u o‘rtada ekan:

Redmi brendi rahbari Lu Veybing ta’kidlashiga ko‘ra, bu – Redmi K20 smartfonining haqiqiy rasmidir.

O‘QING: Redmi Note 7S taqdim etildi: siz bu smartfonni «taniysiz»!

Shuningdek, u mazkur qurilmaning ushbu rangini qanday nomlash borasida foydalanuvchilar takliflarini so‘ragan. Biroq avvalroq tarqalgan xabarga ko‘ra, Redmi K20 rasmiy nomlari allaqachon ma’lum va unga ko‘ra, bu suratdagisi – Flame Red (olovli qizil) rangdir.

Ko‘rib turganingizdek, bu yerda Redmi K20 texnik xususiyatlari ham keltirilgan. Bu ma’lumotlarning haqiqatga qanchalik to‘g‘ri kelishini endi 28 may kuni bilib olamiz.

O‘QING: Xiaomi yana bitta – Mi 9T flagmanini taqdim etyapti, xususiyatlari bilan tanishing!

Ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin. Shu yoki boshqa ishlab chiqaruvchining smartfonini ishlatayotganingizdan qat’i nazar, biz sizga omadingizni sinab ko‘rishni taklif qilamiz! Ayni damda 2 iyunga qadar sizda ushbu kompaniyaning ajoyib fitnes-brasleti – Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib, ushbu video ostiga izoh yozib, «Yoqdi» tugmachasiga bossangiz kifoya. G‘olib esa saytimizning Facebook-sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi!

Bu haqdagi batafsil ma’lumotni mana bu yerda olishingiz mumkin. Internet-do‘konimizda esa shu kunlarda aksiya doirasida mazkur kompaniyaning ayrim smartfonlariga chegirmalar e’lon qilingan.

O‘QING: «Ayyom» aksiyasi: Terashop.uz’dan Xiaomi smartfonlarini chegirma bilan oling!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!