Redmi K40 uchun allaqachon buyurtma ochildi, lekin protsessori...

  •   DiMaX
  •  1021
  •  14.01.2021 13:04

Redmi K40 uchun allaqachon buyurtma ochildi, lekin protsessori...

Avvalroq biz Redmi K40 smartfonining ilk «jonli» rasmlarini e’lon qilgan edik. Xiaomi kompaniyasining arzonchi brendi ushbu turkumning faqat Redmi K40 Pro versiyasidagina Snapdragon 888 chipsetini qo‘llashi ham aytilgan. Lekin kuni kecha...

O‘QING: Snapdragon 888 protsessorli eng arzon flagman – Redmi K40 Pro ilk suratda!

Mediatek kompaniyasi o‘zining navbatdagi flagman protsessorini 20 yanvar kuni namoyish etishi haqida Weibo tarmog‘ida e’lon berdi. Ushbu platforma Dimensity 1200 deb nomlanishi va kodli nomi MT6893 ekanligi aytilmoqda.

Shundan keyinoq Xiaomi Group China prezidenti va Redmi brendi direktori Lu Veybing ushbu protsessor birinchi bo‘lib Redmi K40 smartfonida qo‘llanishini e’lon qildi.

Bosh menejerning ta’kidlashicha, o‘tgan yilgi – Dimensity 1000+ chipli Redmi K30 Ultra smartfoniga talab juda yuqori. Redmi shu boisdan o‘zining navbatdagi flagmaniga ham tayvanlik chipsozning keyingi protsessorini o‘rnatishga qaror qilgan.

O‘QING: Xiaomi rahbariyati kutilganidan ham zo‘r chiqqan yangi arzon flagmani uchun uzr so‘radi

Redmi K40 turkumidagi smartfonlar fevraldagina namoyish etiladi, hali taqdimot sanasi ham aniq emas. Shunga qaramasdan, Xitoydagi onlayn savdo maydonchalari allaqachon ularni o‘z kataloglariga chiqara boshlashgan.

Masalan, «Osmon osti saltanati»dagi eng yirik onlayn do‘kon – JD.com hozirdanoq aniq narxini ko‘rsatgan holda Redmi K40 uchun oldindan buyurtma rasmiylashtirishni taklif etmoqda.

Lekin u yerda kutilganidan ancha qimmat – 9999 yuan hajmida narx belgilangan; bu esa taxminan 1545 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Holbuki, yaqindagina Lu Veybing bu smartfonning narxini boshqacha aytgan edi...

O‘QING: Redmi K40 taqdimotini rasman e’lon qilgan Xiaomi uning narxi bilan qo‘rqityapti

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!