Redmi Note 10 xususiyatlari va «jonli» rasmlarini TENAA fosh etdi!

  •   DiMaX
  •  3589
  •  14.11.2020 10:01

Redmi Note 10 xususiyatlari va «jonli» rasmlarini TENAA fosh etdi!

Xiaomi korporatsiyasi ko‘pdan beri kutilayotgan Redmi Note 10 rusumli smartfonini boshqacha nom bilan – Redmi Note X chiqarmoqchi ekanligidan xabaringiz bor. Uning taqdimoti oldidan, yaqindagina kompaniya Redmi 10X 5G modelini arzonlashtirgan edi.

O‘QING: 150 dollarlik Redmi Note 10 – arzonlashtirilgan Xiaomi flagmanining yaxshilangan versiyasi!

Kuni kecha TENAA regulyatorida shu kompaniyaning Redmi M2010J19SC katalog raqamli yangi smartfoni ro‘yxatga olingani ma’lum bo‘ldi. Kuzatuvchilar uning o‘sha Redmi Note 10 modeli ekanligini aytishmoqda.

Regulyatorning ma’lumotlar bazasida qurilmaning har tomonlaridan olingan «jonli» suratlari va ayrim xususiyatlari qolgan.

Ko‘rib turganingizdek, Redmi Note 10 displeyining yuqori qismi o‘rtasida old kamera tirqishi mavjud. Qurilmaning bosh kamera blogi esa dizayniga ko‘ra Honor smartfonlarini eslatadi. Balki ular bilan chalkashtirib yubormaslik uchundir, yangi smartfonning orqa panelida yirik qilib Redmi brendining nomi tushirilgan.

O‘QING: Xiaomi Mi 11 hamda Mi 11 Pro: birinchi «jonli» surati va chiqish vaqti!

Shu bilan birga, manba Redmi Note 10 modelining yetarlicha batafsil texnik jihatlarini ham aytgan. Unda diagonaliga 6,53 dyuymlik o‘lchamdagi, aniqligi 2340x1080 piksellik ekran qo‘llangan.

Redmi Note 10’ning protsessori sakkiz yadroli bo‘lib, 2,0 GGs.lik chastotada ishlaydi. Biroq uning modelini ham, hattoki Qualcomm yoki MediaTek mahsuloti ekanligini ham aniqlashning imkoni bo‘lmagan. Mazkur smartfon tezkor xotirasi 4, 6 va 8 gigabaytlik, doimiy xotirasi esa 64, 128 hamda 256 gigabaytlik variantlarda taklif etiladi.

Smartfonning boshqa xususiyatlari esa quyidagicha bo‘lishi kutilmoqda: 6000 mA/soatlik akkumulyator, selfi-kamera 8 MPlik, kvadrokameradagi asosiy datchik 48 MPlik, daktiloskopik skaner korpusning yon qirrasida. Devaysning o‘lchamlari – 162,3x77,2x9,6 millimetrlik, vazni esa 198 grammga teng. Kompaniya uni qora, ko‘k, oq, yashil, binafsha rang, qizil va zarg‘aldoq tusli korpuslarda chiqaradi.

Redmi Note 10 modelining taqdimot kuni va narxi hozircha noma’lum, lekin...

O‘QING: 150 dollardan boshlanuvchi 5G-smartfonlar – Redmi Note 9 va Note 9 Pro: aniq taqdimot kuni, narx va xususiyatlari

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!