Redmi Note 9 5G taqdimoti taklifnomasiga haqiqiy qilich ham qo‘shib berishyapti!

  •   DiMaX
  •  1147
  •  24.11.2020 11:56

Redmi Note 9 5G taqdimoti taklifnomasiga haqiqiy qilich ham qo‘shib berishyapti!

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi subbrendi 26 noyabr kuni Redmi Note 9 5G hamda Redmi Note 9 Pro 5G modellarini va bir smartfonini namoyish etadi. Redmi brendining rasmiy anonsida buni «Uch mushketyorga uchta qilich» deya e’lon qilishgan.

O‘QING: Note 9 turkumidagi arzon 5G-smartfonlardan tashqari, 26 noyabrda Redmi yana bir devaysini namoyish etadi!

Buni qarangki, o‘sha gap shunchaki majoziy ma’nodagi o‘xshatish emas ekan – kompaniya mazkur tadbir taklifnomasiga haqiqiy shamshir ham qo‘shib yuboribdi! Xiaomi vitse-prezidenti hamda Redmi brendi yetakchisi Lu Veybing (Lu Weibing) o‘zining Weibo-akkauntida e’lon qilgan suratlar shundan dalolat bermoqda.

Redmi Note 9 turkumining yangi vakillari taqdimotiga bag‘ishlangan matbuot anjumaniga taklifnoma aynan shu ko‘rinishda – jamlanmaga po‘lat qilich ham kiritilgan. Xiaomi bunday taklifnomani mahalliy ommaviy axborot vositalariga va blogerlarga jo‘natmoqda.

O‘QING: «UzAutoMotors»ga qarshi kampaniya boshlagan bloger Ichki ishlar bo‘limiga chaqirildi

Bundan tashqari, ushbu tadbir Florist Show nomli guruh qizlari ishtirokdagi tok-shou ko‘rinishida o‘tkazlishi ham e’lon qilingan.

Lekin ushbu hamyonbop 5G-smartfonlardan ham oldin, bugun – 24 noyabrning o‘zidayoq Xiaomi korporatsiyasi o‘zining hamyonbop devayslar chiqarishga ixtisoslashgan yana bir – Poco (yoki POCOPHONE) brendi ostida boshqa bir smartfonni namoyish qiladi. Ushbu gadjet Poco M3 deb nomlangan bo‘lib, ikki haftadan beri eng ommabop smartfonlar reytingida yetakchi bo‘lib kelayotir.

O‘QING: Xiaomi yangi rekordi bilan Realme’ni «joyiga o‘tirg‘izib» qo‘ydi!