Rossiyada Telegram ishlab ketdi, ammo Roskomnadzor bundan bexabar!

  •   DiMaX
  •  1006
  •  28.08.2018 16:35

Rossiyada Telegram ishlab ketdi, ammo Roskomnadzor bundan bexabar!

Telegram messenjeri chatlarning shifrlash kalitlarini Rossiya maxsus xizmatlariga bermaganligi bois bu kompaniya Roskomnadzor bilan sudlashib yurganidan xabaringiz bor. Shu sababli ham 2018 yilning 13 aprelidan buyon Rossiya hududida ushbu messenjer bloklangan.

O‘QING: Rossiyada Telegram bloklanishining asl sababi oshkor bo‘ldi

Ammo bugun – 28 avgust kuni ma’lum bo‘lishicha, ushbu mamlakatda Telegram messenjerining veb-versiyasi yana ishlab ketgan. Shu bilan birga, Telegram-kanallarga yo‘llovchi havolalar ham ochila boshlagan. Telegram’ning brauzer versiyasi qaytadan ishlay boshlagani haqida dastlab Twitter foydalanuvchilari xabar berishgan.

Ammo t.me hamda web.telegram.org domenlarining blokdan chiqarilganligini Roskomnadzor vakillari rasman rad etishgan.

«Bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Roskomnadzor Telegram borasida Moskvaning Tagan rayoni sudining qarori bajarilishi bo‘yicha choralar ko‘rishda davom etadi», – deydi Roskomnadzor matbuot xizmati.

Mazkur bayonotga qaramasdan, Rossiya Federatsiyasi hududida taqiqlangan saytlar reyestrida t.me domeni joriy yilning 10 iyulidan beri mavjud emas. Lekin Telegram’ning ayrim IP-manzillari bloklangan holda qolmoqda.

Darvoqe, kuni kechagina ushbu messenjerning Android hamda iOS ilovalari, shuningdek Telegram Desktop kliyenti yangilangan edi.

O‘QING: Telegram uzoq kutilgan muhim funksiyaga ega bo‘ladi

Ayni damda Telegram’ning veb-talqini hamda rasmiy kliyenti Rossiyadagi barcha internet-provayderlar mijozlarida ham barqaror ishlamayapti. Bu esa aloqa xizmatlarini taqdim etayotgan kompaniya tomonidan cheklov qo‘yilganligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Lekin tashvishlanishga hojat yo‘q – agarda Telegram bloklansa ham, unga iOS yoki Android-smartfondan kirish yo‘llarini mana bu, kompyuter va noutbuklar orqali kirish usullarini esa mana bu havolalar orqali o‘tib, o‘rganib olishingiz mumkin.

O‘QING: Rossiya maxsus xizmatlari Telegram anonimligini buzib kira olishdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!