Ruhiy buzilishlarning qaysi turlarini davolashda qanday videoo‘yinlar foydali?

  •   DiMaX
  •  756
  •  18.06.2021 15:29

Ruhiy buzilishlarning qaysi turlarini davolashda qanday videoo‘yinlar foydali?

Videoo‘yinlar miyani rivojlantirishini olimlar Dota 2 misolida isbotlab berishgan edi. Endi esa kiber-o‘yinlar turli ruhiy xastaliklarga chalingan kishilarni davolashda ham qo‘l kelishi aniqlandi.

O‘QING: Ilon Mask ruhiy kasallikka chalinganligini e’lon qildi

Irlandiyadagi Lero tadqiqot markazi mutaxassislari videoo‘yinlarning inson ruhiy salomatligiga ta’sirini maxsus o‘rganishdi. Ilmiy ish natijalari ko‘pchilik kutganidan boshqacharoq chiqdi.

Tadqiqot xulosalariga qaraganda, ommabop kiber-o‘yinlar bir qator ruhiy buzilish turlarini davolashga ko‘mak beruvchi qulay, arzon va samarali yordamchi vosita ekan. Olimlar hatto turli janrlardagi o‘yinlar muayyan turdagi ruhiy muammoni bartaraf etishda yaxshiroq naf berishini ham aniqlashdi.

Unga ko‘ra:

  • Yolg‘izlik sindromini boshidan kechirayotganlarga shuterlar, rolli va onlayn o‘yinlar tavsiya etiladi.
  • Kishining kognitiv qobiliyatlarini yaxshilash uchun shuter, strategiya, fitnes-o‘yinlar hamda platformerlar ma’qul keladi.
  • Shunday turlardagi o‘yinlar yana disleksiya (yozma nutqning va matnni anglashning buzilishi) holatini kamaytirib, ko‘rish orqali anglash qobiliyatini yaxshilaydi.
  • Bulardan tashqari, yuqoridagi janrlarga mansub barcha o‘yinlar xavotirning kamayishiga va kayfiyatning ko‘tarilishiga ham hissa qo‘shadi.

Demak, endi kimdir sizning o‘yinlarga haddan ortiq berilib ketayotganingizni aytsa, unga bemalol mana shu xabarni jo‘natavering!

O‘QING: O‘yin – faqat zarar emas: 15 yoshli bolakay Fortnite o‘ynab millionerga aylandi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!