Samsung kompaniyasi 108 MPlik kamera borasida Xiaomi’ni boplagan ekan!

  •   DiMaX
  •  5726
  •  09.12.2019 11:33

Samsung kompaniyasi 108 MPlik kamera borasida Xiaomi’ni boplagan ekan!

O‘tgan oyning boshida Xiaomi o‘zining Mi Note 10 hamda Mi Note 10 Pro fabletlarini namoyish etgan edi. Bular – bosh kamerasida naq 108 megapiksellik Samsung ISOCELL Bright HMX datchigi qo‘llangan dunyodagi ilk smartfonlardir.

O‘QING: 2019 yilning eng zo‘r kamerofonlari: DxOMark reytingi chiqdi

Samsung ushbu kamera sensorini hali yaqinda – shu yilning avgust oyidagina taqdim qilgan edi. Janubiy koreyaliklar mazkur datchikni qo‘llash bo‘yicha birinchilikni nega Xiaomi’ga berib yuborishganiga o‘shanda ko‘pchilik hayron qolgan.

Biroq endi insayderlar Samsung’ning bu qilig‘i sababini aniqlashdi. Ice Universe o‘zining Twitter-akkaunti orqali ma’lum qilishicha, Galaxy S11+ flagmanida Samsung umuman boshqa kamera datchigini qo‘llayapti ekan!

Blogerning yozishicha, janubiy koreyaliklar o‘zlarining navbatdagi flagmani uchun tayyorlagan optik sensor ham 108 megapiksellik aniqlikda, uning o‘lchami diagonaliga 1/1,3 dyuymlik. Biroq bu standart ISOCELL Bright HMX datchigidan ko‘ra sifatliroq, eksklyuziv datchikdir. Tabiiyki, uning narxi ham shunga yarasha bo‘ladi.

Samsung’ning bunday yo‘l tutganini tushunsa bo‘ladi: axir, yangi avlod Galaxy S smartfonlari o‘zining foto va video olish imkoniyatlari bilan ham raqiblaridan bir pog‘ona yuqorida bo‘lishi kerak. Shu boisdan ham kompaniya xitoylik raqibiga, garchi 108 MPlik bo‘lsa-da, «bundayroq» datchikni sotgan ekan.

O‘QING: Kvadrokamerali eng arzon Samsung smartfoni ilk «jonli» videoda!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.