Samsung rasman e’lon qildi: Galaxy Fold sentyabrda sotuvga chiqadi!

  •   DiMaX
  •  2783
  •  25.07.2019 13:16

Samsung rasman e’lon qildi: Galaxy Fold sentyabrda sotuvga chiqadi!

Samsung kompaniyasi Galaxy Fold displeyidagi nosozlik tufayli o‘z xatosini tan olib, uzr so‘rashga majbur bo‘lgandi. Keyin ularning sotuvga qo‘yilganlarini qaytarib olgan, so‘ngroq qayta savdoga chiqarishi aytilgan bo‘lsa-da, sotuvchilar buyurtmalarni bekor qilishgan.

O‘QING: Samsung amalladi: Galaxy Fold ikki xil versiyada qayta chiqyapti, jiddiy farqlari bor

Kecha – 24 iyulda Samsung kompaniyasi o‘z buklama smartfonini sentyabrda qaytadan savdoga qo‘yilishini rasman ma’lum qildi. Gadjetning asosiy muammosi – korpusidagi buklama konstruksiyasini o‘zgartirishgan va boshqa ayrim o‘zgarishlar amalga oshirilgan.

Samsung Galaxy Fold tashqi ko‘rinishi jihatidan o‘zgarmagan. Asosiy yangilanish – ekranning himoya qatlamini ko‘rinmaydigan qilishgan. Smartfonning birinchi versiyasida jurnalistlar uni shunchaki olib tashlash kerak bo‘lgan plyonka deb o‘ylab, ko‘chirib yuborishgan va shundan so‘ng displeyda muammolar kuzatilgan edi.

Ekranning qo‘shimcha himoyasi uchun Samsung sharnirning bukiluvchan qismiga maxsus qoplamalar o‘rnatgan. Shuningdek, sharnir va korpus orasini yanada yaqinlashtirgan, ekran muhofazasi uchun qo‘shimcha metall qoplama qo‘shgan, natijada oraliqlar chang kirishidan himoyalangan.

Samsung yangilangan Galaxy Fold sentyabrdan sotuvga qo‘yilishini aytgan bo‘lsa-da, aynan qaysi mamlakatlar bozoriga taqdim etilishini ma’lum qilmagan. Narxi haqida og‘iz ochmaganiga qaraganda, uni yana avvalgidek – 1980 dollardan sotmoqchi. Kompaniya sotuvga chiqarish arafasida Galaxy Fold’dagi o‘zgarishlar haqida batafsil so‘zlab beradi.

Hozircha esa turli rusumlardagi Samsung telefonlarini 619 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: 64 megapiksellik kamerali ilk smartfonni Samsung chiqarmoqchi edi, lekin...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!