Samsung Uzbekistan rasman Galaxy Unpacked'ning aniq sana va vaqtini e'lon qildi
Bir necha kun avval norasmiy tarzda tarqalib ketgan Galaxy Unpacked sanasi bugun rasman o'z tasdig'ini topdi – Samsung'ning barcha rasmiy sahifalari, jumladan, Samsung Uzbekistan ham taqdimot 1-fevral kuni bo'lib o'tishini e'lon qildi.
Ma'lum bo'lishicha, taqdimot Amerika Qo'shma Shtatlarining San-Fransisko shahrida shaxsan odamlar bilan o'tkaziladi. Aytish kerakki, bu Janubiy Koreya kompaniyasining so'nggi uch yildagi yoxud COVID-19 pandemiyasidan keyingi ilk jonli taqdimotidir. Sir emaski, unda biz Galaxy S23, Galaxy S23+ va Galaxy S23 Ultra smartfonlari va ehtimol boshqa yangi mahsulotlar bilan ham tanishamiz.
Toshkent vaqti bilan tadbir 23:00 da boshlanadi va uni siz samsung.uz saytida yoki Samsung'ning rasmiy YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.
O'QING: 2023-yilda ommabop bo‘lishi kutilayotgan smartfon tez orada taqdim etiladi