Samsung yangi Galaxy S22 smartfonlarini ishlab chiqarishda okeanlarda tashlab ketilgan baliq to‘rlaridan foydalanadi

Samsung yangi Galaxy S22 smartfonlarini ishlab chiqarishda okeanlarda tashlab ketilgan baliq to‘rlaridan foydalanadi

Internetda Samsung Galaxy S22 smartfonlarining taqdimotdan oldin juda ko‘plab renderlari tarqatib yuborildi. Ammo, ulardan ko‘p narsani bilish qiyin. Masalan, Samsung endi ularni ishlab chiqarishda okeanlarda tashlab ketiladigan baliq ovlash to‘rlaridan foydalanishini ma’lum qildi. 

Kompaniya o‘zi ixtiro qilgan yangi materialdan kelajakda ishlab chiqariladigan barcha Galaxy qurilmalarida foydalanadi va 9-fevralda taqdim qilinishi kutilayotgan yangi S seriyasidagi smartfonlar bunga birinchi misol bo‘ladi. 

BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining har yili okeanlarga 640 ming tonna baliq ovlash to‘rlari tashlab yuborilishi haqida aytilgan hisobotiga tayanib, Samsung bu “arvoh to‘rlar” dengiz hayoti va marjon riflariga tahdid solayotganini aytadi. "Bu tashlab yuborilgan baliq ovlash to‘rlari atrof-muhitning nozik muvozanatini dahshatli tezlikda buzmoqda", deb yozadi kompaniya o‘zining blogida. "Ushbu to‘rlarni to‘plash va qayta ishlatish okeanlarimizni toza saqlash, shuningdek, sayyoramiz va jamoaviy kelajagimizni saqlab qolish uchun muhim qadamdir." 

Yangi materialdan foydalanib ishlab chiqarilgan ilk Galaxy qurilmalari 9-fevralda Toshkent vaqti bilan 20:00 da onlayn tadbirda taqdim qilinadi. 

O‘QING: Galaxy Tab S8 seriyasi planshetlarining texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!