Shokka tayyor turing: Galaxy Note 20’lar va Galaxy Fold 2 narxlari e’lon qilindi!

  •   DiMaX
  •  11916
  •  04.07.2020 10:48

Shokka tayyor turing: Galaxy Note 20’lar va Galaxy Fold 2 narxlari e’lon qilindi!

Samsung joriy yilning 5 avgustida Galaxy Note 20 turkumidagi fabletlarini taqdim etishi kutilmoqda. Kuni kecha kompaniya o‘zining rasmiy saytiga Galaxy Note 20 Ultra suratini chiqarib, yana yashirib qo‘ygan.

O‘QING: Ishonchli insayder Galaxy Note 20 Ultra’ning barcha xususiyatlarini oshkor etdi

Internetda ushbu smartfonlar hamda bukiluvchi Galaxy Fold 2 smartfoni haqida xabarlar tarqalishda davom etmoqda. Gretsiyadagi Tech Maniac nashri «juda ishonchli manba»larga tayangan holda ular uchun belgilanadigan narxlarni e’lon qildi.

Agar unga ishonsak, Galaxy Note 20 modelining Gretsiyadagi narxi Galaxy Note 10 bahosidan ancha yuqori bo‘ladi. Bu mamlakatda bulturgi fabletning boshlang‘ich narxi 999 yevro edi, bu yilgisini esa Samsung naq 1 249 yevrodan boshlanuvchi narxlarda sotmoqchi!

Shunisi ham borki, soliqlardagi farqlar bilan bog‘liq holda, Yevropaning boshqa mamlakatlarida Galaxy Note 20 arzonroq sotiladi. Aksariyat hududlarda uni 1 199 yoki 1 209 yevroga olish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Samsung hali taqdim etilmagan, «yashirin kamera»li Galaxy Note 20’ni endi «jonli» videoda ko‘rsatdi!

Turkumning yirik vakili – Galaxy Note 20 Ultra modeli esa Gretsiyada yanada qimmat – kamida 1 499 yevro bo‘lishi kutilmoqda. Taqqoslash uchun, bozorga yangi chiqqanida Galaxy Note 10+ modeli 1 149 yevro, Galaxy S20 Ultra flagmani esa – 1 399 yevrodan boshlangan narxlarda sotilgan edi. Yevropaning boshqa hududlarida esa Galaxy Note 20 Ultra fableti 1 449 va 1 459 yevrodan boshlab sotiladi.

Manbaning yozishicha, Samsung navbatdagi buklamafoni – Galaxy Fold 2 smartfonini esa 2 199 yevroga baholamoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Galaxy Note 20 fabletlari 5 avgust kuni – Samsung Unpacked tadbirida namoyish etilib, 27 avgustda sotuvga chiqariladi.

O‘QING: Barcha smartfonlar uchun Forza Street chiqdi, lekin Samsung’chilarga alohida imtiyozlar bor! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.