Smartfonga masofadan turib ilova yuklashni o‘rganamiz

Smartfonga masofadan turib ilova yuklashni o‘rganamiz

Biror bir ilovani smartfoningizga masofadan turib, ya’ni qurilma qo‘lingizda bo‘lmasa ham yuklab olish haqida hech bir o‘ylab ko‘rganmisiz? Buning o‘zi iloji bormi, deysizmi? Ha, albatta!

Android smartfonga istalgan ilovani masofadan turib, hatto iPhone yordamida ham rasman yuklash imkoni mavjud.

Kimningdir smartfonini ishlatayotib, biror bir zo‘r ilovani ko‘rib qolsangiz, o‘sha zahotiyoq dasturni o‘z smartfoningizga masofadan turib yuklab olsa bo‘ladi. Quyida bu haqda to‘xtalib o‘tamiz.

1-etap. Brauzerdan Play Store saytiga kiring.

Agar sizda yuklamoqchi bo‘lgan ilovaningizning Play Store'dagi havolasi (link, ssilka) bo‘lsa, hoziroq uchinchi etapga o‘tishingiz mumkin.

Agar dastur havolasi bo‘lmasa, Android bo‘lmagan qurilma brauzeri orqali Google Play Store'ning saytiga tashrif buyuring. Agar, masalan, iPhone yoki Mac ishlatayotgan bo‘lsangiz, Safari brauzeridan foydalanasiz. Tashrif buyurish kerak bo‘lgan sahifa esa: play.google.com/store.

2-etap. Saytdan ilovani toping.

O‘zingizga kerak bo‘lgan ilovaga qidiruv bering.

3-etap. Ilovani masofadan turib o‘rnating.

Endi esa yashil rangdagi «O‘rnatish» tugmasi ustiga bosing. Shunda, sizdan Google akkauntingizga kirish so‘raladi. Profilingizga kirganingizdan so‘ng, akkauntingizga ulangan qurilmalar, jumladan, smartfon, Android TV va planshetlar ro‘yxati ko‘rinadi. Ro‘yxatdan istalgan qurilmangizni tanlang va «Davom etish» tugmasini bosing.

Birinchi marta masofadan ilova o‘rnatayotganingizda autentifikatsiya qilishni xohlaysizmi-yo‘qmi, shu so‘raladi. Lekin har safar masofadan dastur o‘rnatayotganingizda Google akkauntingiz paroli sizdan so‘raladi.

Shunda, Android qurilmangizga dastur yuklana boshlaydi. Android smartfondagi internet tezligiga qarab, jarayon sekin yoki tez amalga oshishi mumkin. Asosiysi, ilovani o‘rnatib olsangiz bo‘lgani!

O‘QING: Bir xillikdan zerikdingizmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!