So‘nggi zavod ham yopilmoqda: Yevropada endi kompyuter ishlab chiqarilmaydi
2020 yilda Fujitsu firmasi Germaniyaning Augsburg shahridagi kompyuter ishlab chiqarish zavodini yopadi.
Elektron texnikalarini Yevropada ishlab chiqarish foydali bo‘lmay qoldi. Ishchi qo‘li juda qimmatlashib ketgan. Kompyuterlar ishlab chiqaruvchi barcha zavodlar allaqachon Osiyo mamlakatlarida joylashib olgan. Bugungi kunda Yevropada kompter yig‘uvchi atigi bitta zavod qolgan. U ham bo‘lsa Bavariyada joylashgan Fujitsu kompaniyasiga tegishli zavod hisoblanadi.
O‘QING: Fujitsu Arrows Tab – Windows 10 tizimidagi ishlaydigan 6 dyuymli kompyuter
Ammo 2020 yilga kelib ushbu zavod ham ishchilar uchun eshiklarini yopadi. Fujitsu kompaniyasining ma’lum qilishicha, barcha ishlab chiqarish quvvati Yaponiyaga ko‘chiriladi. Kompaniya rahbariyatining ta’kidlashicha, barcha ishlab chiqarishni o‘z vatani, ya’ni Kunchiqar mamlakatida jamlashga qaror qilindi, shuningdek biznesni restrukturizatsiyalash va qaytaprofillashish maqsadi ham shunday qarorga kelinishga sabab bo‘lgan. Firma endi e’tiborni blokcheyn, mashinali ta’lim texnologiyalariga va sanoat yechimlariga qaratadi.
Ayni damda Bavariyaning Augsburg shahridagi fabrikada kuniga 21000 dona mahsulot chiqariladi. Bular: 12 000 ta noutbuklar va kompyuterlar, 950 ta serverlar, 50 ta server tirgaklari va 800 ta asosiy platalar. Zavod yopilgandan keyin fabrikaning 1500 nafar ishchisi hamda Germaniyaning turli shaharlaridagi 300 kishi ishsiz qoladi. Fujitsu ish o‘rinlarini qisqartirishi tufayli to‘lanadigan tavon puli borasida muzokaralarni allaqachon boshlab yuborgan.
O‘QING: Fujitsu Stylistic R727 – Intel Kaby Lake protsessorida ishlaydigan planshet