Tadqiqot: Qaysi smartfonlar eng uzoq vaqtgacha yangilanib turadi?

  •   DiMaX
  •  1936
  •  31.08.2019 12:59

Tadqiqot: Qaysi smartfonlar eng uzoq vaqtgacha yangilanib turadi?

Ko‘pgina smartfonsozlar o‘zlarining turli modellari uchun Android operatsion tizimining yangi versiyalari asosida proshivka chiqarmay qo‘yishadi. Faqat ikkita ishlab chiqaruvchi o‘z smartfonlarining tizimlarini uzoq muddat yangilab borishi ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Shu kunlarda chiqadigan Huawei Mate 30 flagmanlari Google servislaridan va Android litsenziyasidan mahrum etildi!

Counterpoint Research tahlil kompaniyasining yangi tadqiqotida ishlab chiqaruvchilarning o‘z smartfonlari uchun Android yangilanishlarini hamda xavfsizlik patchlarini qanchalik tez-tez chiqarib turishi o‘rganib chiqilgan. Buni qarangki, eng yirik smartfonsozlar orasida bu borada bittagina kompaniya yaqqol ajralib turar ekan!

Barcha brendlar orasida faqat Nokia o‘zining deyarli barcha (96%) smartfonlarini eng so‘nggi – Android 9 Pie talqinigacha yangilagan ekan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi va uchinchi o‘rinlar tegishlicha Samsung (89%) hamda Xiaomi (84%) kompaniyalariga tegishli.

Ushbu ro‘yxatni tuzishda «qadoqdayoq» Android 9 bilan chiqarilgan hamda keyingi 12 oy mobaynida ushbu talqingacha yangilangan smartfonlar ko‘rsatkichlari asos qilib olingan.

O‘QING: Samsung eng arzon va ommabop smartfonlarini ham Android 9 Pie’gacha yangilay boshladi

Biroq oldin chiqqan smartfonlarini Android’ning so‘nggi versiyasiga qadar yangilash bo‘yicha reytingda Samsung ancha pastlagan – uning smartfonlaridan atigi 23 foiziga Pie talqinidagi «yashil robotcha» yetib kelgan. Nokia esa bu borada 90 foizlik ko‘rsatkich bilan yana 1-o‘rinni zabt etgan.

Ko‘rib turganingizdek, oldingi modellardagi smartfonlarining so‘nggi talqindagi Android’gacha yangilash bo‘yicha Huawei (40%), Lenovo (52%) hamda Xiaomi (62%) kompaniyalari Samsung’dan oldinlab ketishgan.

O‘QING: Smartfon bozori: nafaqat Huawei, balki yana bir xitoylik kompaniya Apple’dan o‘zib ketdi!

O‘z smartfonlarini Android’ning oxirgi talqinlarigacha yangilash borasida eng past ko‘rsatkichlar LG kompaniyasida qayd etilgan. Uning ko‘plab modellari Android Nougat hamda Oreo talqinlarida qolib ketgan – ularning umumiy miqdori Android 9 talqinidagi LG smartfonlaridan oshiq.

Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqadiki, smartfonsozlar ko‘pincha flagman modellari uchungina eng yangi operatsion tizim asosidagi proshivka tarqatishadi. O‘rta narx toifasidagi hamda hamyonbop smartfonlarni qo‘llab-quvvatlash esa tez orada to‘xtatib qo‘yiladi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, faqat ikkita kompaniya o‘zlarining deyarli barcha smartfonlarini eng so‘nggi tizimdagi operatsion tizimlar bilan ta’minlab kelishadi. Bular – Nokia (sotib olish) hamda o‘z operatsion tizimiga ega Apple (xarid qilish) mahsulotlaridir.

O‘QING: Ekspertlar barcha iPhone’larning istalgan Android-smartfondan asosiy ustunligini ma’lum qilishdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.