Tarixdagi ilk 144 Gs ekranli, shaffof, 16 GB xotirali va ventilyatorli smartfonning ishlashini «jonli» videoda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  2018
  •  10.06.2020 10:32

Tarixdagi ilk 144 Gs ekranli, shaffof, 16 GB xotirali va ventilyatorli smartfonning ishlashini «jonli» videoda ko‘ramiz!

ZTE korporatsiyasiga qarashli Nubia kompaniyasi o‘yinbop Red Magic 5G modelini shu yil mart oyida taqdim qilgan. Igeekphone resursi o‘tkazgan real testda ushbu qurilma eng tezkor smartfonlar TOP-o‘ntaligida uchinchi o‘rinni olgan.

O‘QING: Dunyodagi eng kuchli smartfon, protsessor va proshivkalar TOP-o‘ntaliklari (Master Lu reytinglari, 2020 yil 1-chorak)

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Nubia Red Magic 5G – kadr yangilanish chastotasi 144 gerslik ilk smartfondir. Bu gadjetning orqa paneli shaffof bo‘lgan, cheklangan miqdordagi Deuterium Transparent Edition versiyasi 12/256 gigabaytlik xotirali variantda may oyida bozorga chiqib, tez sotilib ketgan.

O‘yinlar davomida qizib ketmasligi uchun Nubia Red Magic 5G modelida murakkab Turbo Fan 3.0 sovitish tizimi qo‘llangan. Mazkur tizim radiator kamerali haqiqiy ventilyatorni o‘z ichiga oladi – u daqiqasiga 15 ming martalik tezlikda aylanadi.

Internetda uning qanday ishlashini namoyish etuvchi videolavha paydo bo‘ldi:

Orqa paneli shaffofligi bois mazkur flagman geymerofonning asosiy komponentlari yaqqol ko‘rinib turibdi. Bular – Snapdragon 865 protsessori, LPDDR 5 toifali tezkor xotira chipi, tezkor quvvatlash moduli, ventilyator va boshqalardir.

Nubia Red Magic 5G Deuterium Transparent Edition versiyasining endi katta hajmdagi – 16/256 gigabaytlik xotiraga ega varianti ham sotuvga chiqyapti. ZTE uni o‘z yurtida 14 iyundan boshlab, 735 AQSh dollariga teng narxda sotadi.

O‘QING: Yer yuzidagi eng tezkor smartfonlar (AnTuTu global reytingi, 2020 yil may)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!