Telegram 6.3 talqinida chiqdi: yangilanishlar bilan tanishamiz!

  •   DiMaX
  •  2452
  •  27.07.2020 12:58

Telegram 6.3 talqinida chiqdi: yangilanishlar bilan tanishamiz!

O‘zbekistonda juda ommabop bo‘lgan Telegram messenjeri yangilanib, 6.3 talqinida taqdim etildi. Jamoaning bu haqdagi rasmiy maqolasini Telegram Uzbekistan kanali o‘zbek tiliga o‘girib chiqargan.

O‘QING: Telegram uchun stikerlarni endi surat yoki matnlardan o‘zingiz smartfonda yasay olasiz!

Bu yangilanish Profil videolari bilan bir qatorda Yaqin-atrofdagi odamlar funksiyasiga kiritilgan yangiliklar, har biri 2 gigabaytgacha bo‘lgan fayllarni cheksiz ulashish, chatlar ro‘yxati va bildirishnomalaringiz uchun kichik eskizlar, guruh statistikasi va boshqa ko‘plab yangiliklarni taqdim etadi.

Profil videolari

Endi statik rasm o‘rniga sahifangizga video yuklashingiz hamda undan istalgan kadrni chatlarda ko‘rsatiladigan rasm sifatida tanlashingiz mumkin. Harakatlanayotgan vaqtingizni videoga oling yoki xuddi Garri Potterdagi sehrli surat kabi odamlarga ko‘z qising va qo‘lingizni silkiting.

Telegram: Sviterni bog‘lash qobiliyatlaringizni namoyish qilish uchun birinchi raqamli ilova.

Xuddi siz yuklaydigan istalgan video kabi mediafayl tahrirlagich sizga sifatni yaxshilashga yoki o‘zingizni animatsiyali stikerlar bilan bezatishga yordam beradi.

Kayfiyatingiz o‘zgarganda «Asosiy sifatida o‘rnatish» tugmasini bosib, tezda avvalgi rasm yoki videoga qaytarishingiz mumkin. Vaqtni ortga qaytarish va abadiy yosh bo‘lib qolishga juda mos keladi.

Silliq teri effekti

Old kamera yordamida olinadigan har qanday rasm yoki video mediafayl tahrirlagichda terini silliqlash funksiyasiga ega bo‘ladi. Lekin, bu sizga betakror ko‘rinish uchun kerak emas, siz busiz ham betakrorsiz.

Yaxshilangan «Yaqin-atrofdagi odamlar»

Profil videolari yangi odamlar bilan tanishishni o‘nlab marta qiziqarliroq qiladi va biz shu sababli Yaqin-atrofdagi odamlar bo‘limini yaxshiladik.

Kishilar ushbu bo‘lim orqali sizga bog‘langanida, ular sizdan qancha masofada ekanligini ko‘rasiz. Yaqin-atrofdagi kimdir bilan suhbatni boshlaganingizda, Telegram suhbatni boshlash qulay bo‘lishi uchun salomlashuv xabarini taklif qiladi. Yaxshiyamki, barcha stikerlarimiz kirishuvchandir.

Telegram-chatlaringidagi barcha odamlar sizdan 1,5 metr uzoqlikda bo‘lishlari kafolatlangan.

Odamlar yangi jasur dunyoga qadam qo‘yar ekan, yangi do‘stlar orttirish va stikerlar to‘plamlaringizni taqqoslashning ayni vaqti. Kontaktlar > Yaqin-atrofdagi odamlar> rukniga kiring va «Meni ko‘rinadigan qilish» bandini yoqing.

O‘QING: IIV ogohlantiradi: Telegram’da tarqalayotgan virusli dasturdan ehtiyot bo‘ling!

Kichik eskizlar

Hech kiruvchi rasm shunchaki yana bitta mem yoki siz kutayotgan selfi ekanligiga qiziqqanmisiz? Yangi chat eskizlari yordamida xabarda qanday mediafayl mavjudligini darhol bilib oling.

Yangi eskizlar bildirishnomalar va xabarlar qidiruvi natijalarida ham paydo bo‘ladi.

Razm solishlar haqida yana biroz, chatni ochmasdan xabarlarga razm solish uchun profil rasmini bosib turishingiz mumkin. Bunday imkoniyat 2018 yilda paydo bo‘lgan edi, lekin intuitsiyamiz u haqida shu yerda va hozir eslatishimiz kerakligini bildirdi.

Kontakt emaslardan yangi chatlarni filtrlash

Yaqin-atrofdagi odamlar va 200 000 a’zogacha guruhlar yordamida suhbat qurish uchun har doim kimnidir topishingiz mumkin. Jamoat arboblarida ba’zan aksincha muammo bo‘ladi va ular oladigan e’tiborni kamaytirishni xohlashlari mumkin – biz buni hal qildik.

Agar ko‘plab xabarlar olayotgan bo‘lsangiz, kontakt emaslardan yangi chatlarni avtomatik ravishda arxivlash va sukut qilish uchun Maxfiylik va xavfsizlik sozlamalarida yangi almashtirgichni sinang. Istalgan paytda bu chatlarga Arxiv jildidan kirishingiz va bitta bosish bilan asosiy chatlar ro‘yxatiga qaytarishingiz mumkin.

Kirish faqat taklif bilan

O‘QING: Telegram’da ishkal: Kanallardagi ko‘rishlar ko‘rsatkichiga nima bo‘ldi?

Guruh statistikasi

500 nafardan ortiq a’zoga ega katta guruhlar egalari faoliyati va o‘sishi haqidagi chiroyli batafsil grafiklarni ko‘rishlari mumkin. Guruh statistikasi xabarlar soni va xabarlarida o‘rtacha qancha belgi mavjudligiga ko‘ra eng faol a’zolar ro‘yxatini ham ko‘rsatadi.

Aytgancha, Kanal statiskasini olish uchun minimal sondagi foydalanuvchilar ham 500 nafarga kamaytirildi. 🎉 Biz yaqin kelajakda guruh statistikasiga 100 nafar yoki undan ko‘proq a’zoli barcha guruhlar administratorlari uchun kirish imkoniyatini yaratmoqchimiz.

Android uchun yangilanishlar

Android uchun ilovada musiqa pleyeri yangi ikonkalar va kengayuvchi taronalar ro‘yxati bilan dizayni yangilandi. Taronalarni takrorlash, aralashtirish va teskari tartibda ijro etish uchun chap tomondagi tugmani bosing, shunda pleylistingiz siz bilan xuddi oyda yurish raqsini ijro etadi.

Xabarlarni kiritish maydonchasi uzun xabar terayotganingizda ravon kattalashib boradi. Video tahrirlagich endi vertikal videoga olayotganingizni berkitishda yordam berish uchun videolarni qirqish va aylantirish imkonini beradi.

Endi sizda vertikal video olayotganingizni hech kim topa olmasligi uchun barcha kerakli vositalar bor

O‘QING: Telegram messenjerining Android-ilovasida yashirin foydali funksiya topildi

Telegram Desktop’da bir nechta akkaunt

Telegram endi akkauntingizdan chiqmasdan 3 tagacha telefon raqamlari orasida almashtirish imkonini beradi. Mobil qurilmalar foydalanuvchilarimiz ushbu funksiyadan 2017 yildan buyon foydalanishmoqda va endi uni bir nechta platformali Telegram Desktop ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Telegram Desktop’da akkauntlar orasida almashtirish

Har doimgidek, bu telefoningizga faol ulanishni talab qilmaydi – barcha ilovalarimiz to‘liq mustaqil.

Yangi animatsiyali emojilar

Bizning animatsiyali emojilar armiyamiz o‘sishda davom etmoqda (eslatma: kattaroq baraklar quring). Ulardan birini 👇 chatda olish uchun shunchaki bitta emojili xabar yuboring va uning jonlanishini tomosha qiling.

Ehtiyot bo‘ling, ulardan bittasi tishlab oladi, lekin sizga qaysi biriligini ayta olmaymiz.

Agar interaktiv biror narsa qidirayotgan bo‘lsangiz, gol ura olishingizni sinash uchun istalgan chatga bitta ⚽️ emojisini yuboring.

Yirik fayllar

2014 yildan buyon, Telegram har biri 1,5 GB gacha bo‘lgan fayllarni yuborish imkonini berar edi. Bu 16 MBga (negadir xayolga keluvchi umuman tasodifiy raqam) nisbatan 93 marta kattaroq.

Endi Telegram foydalanuvchilari har biri 2 GB gacha bo‘lgan istalgan turdagi va cheklanmagan miqdordagi fayllarni yuborishi mumkin.

Hozircha shular. Biz yilning o‘rtasidamiz va ortimizda sakkizta katta yangilanish, oldimizda esa uzoq kutilgan funksiyalar. Kuzatib boring!

2020 yil 26 iyul,

Telegram jamoasi

O‘QING: Telegram’ga shu oydayoq videoqo‘ng‘iroq, so‘ng esa yana bir funksiya qo‘shiladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!