Telegram 7.4 chiqdi: boshqa messenjerlardan chatlarni ko‘chirish va ko‘plab yangi imkoniyatlar

  •   DiMaX
  •  3357
  •  29.01.2021 11:11

Telegram 7.4 chiqdi: boshqa messenjerlardan chatlarni ko‘chirish va ko‘plab yangi imkoniyatlar

Kechagina biz Telegram platformasiga WhatsApp va boshqa messenjerlardagi yozishmalar tarixini import qilish imkoni qo‘shilayotgani haqida yozgan edik. Yurtimizda o‘ta ommalashgan bu platforma endi yangilanib, shu va boshqa funksiyalarga ega bo‘ldi.

O‘QING: O‘n beshta messenjerni birlashtiruvchi ilova chiqdi: Telegram, Twitter, Skype – barchasi bittada!

Telegram’ning shu haqdagi rasmiy maqolasini Telegram Uzbekistan o‘zbek tiliga o‘girib e’lon qilgan:

Joriy yilning yanvar oyida 100 milliondan ortiq yangi foydalanuvchilar erkinlik va maxfiylikni tanlab Telegram’da ro‘yxatdan o‘tdilar. Bugundan boshlab Telegram’ga o‘tish yanada osonlashdi, chunki siz yozishmalaringiz (chatlaringiz) bilan vidolashishingiz shart emas.

Endi siz boshqa ilovalardan xabarlar, fotosuratlar, videolar va hujjatlarni Telegram’ga o‘tkazishingiz mumkin — masalan, WhatsApp, Line va KakaoTalk. Bu imkoniyat shaxsiy chatlar va guruhlar bilan ishlaydi:

iOS’dagi WhatsApp’dan chatni o‘tkazish uchun faqat kontakt yoki guruh haqidagi ma’lumotlar sahifasini ochish, «Chatni eksport qilish»ni bosish va «Ulashish» menyusidan Telegram’ni tanlash kifoya.

Android qurilmalarida esa WhatsApp’dagi chatning ichida «⋮» → «Qo‘shimcha» → «Chatni eksport qilish»ni bosib, so‘ng «Ulashish» menyusidan Telegram’ni tanlash lozim:

iOS’dagi WhatsApp’da ma’lumotlarni chatlar ro‘yxatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport qilishingiz mumkin. Chatni chapga suring va «...» → «Chatni eksport qilish»ni tanlang.

Ko‘chayotganda joyni tejash

Telegram’ga o‘tkazilgan yozishmalar telefoningizda deyarli hech qanday qo‘shimcha xotirani egallamaydi. Eski messenjerlardan farqli o‘laroq, Telegram sizga suhbatdagi xabarlar va fotosuratlarni qurilmangizda saqlamaslikka imkon beradi. Shu bilan birga, siz barcha xabarlar, fotosuratlar, videolar va hujjatlarni istalgan vaqtda ko‘rishingiz va yuklab olishingiz mumkin.

Siz sozlamalarda: «Ma’lumotlar va xotira» → «Xotiradan foydalanish» bo‘limida xotirani tozalashingiz va diskdagi egallash mumkin bo‘lgan joy hajmini cheklashingiz mumkin.

O‘QING: Twitter’da akkaunt ochish shartmas – u yerdagilarni Telegram orqali kuzata olasiz!

Yanada ko‘proq maxfiylik

Sizning ma’lumotlaringiz — bu sizning ishingiz. Shu sabab, Telegram foydalanuvchilari nafaqat xabarlar tarixini eksport qilishlari, balki istalgan vaqtda barcha yozishmalar ishtirokchilari uchun xabarlarni o‘chirishlari mumkin.

Bundan buyon siz o‘zingiz yaratgan maxfiy chatlarni, guruhlarni, shuningdek Telegram’dagi qo‘ng‘iroqlar tarixidagi qaydni ikki tomon uchun o‘chirishingiz mumkin.

Telegram serverlari o‘chirilgan chatlar va qo‘ng‘iroqlar tarixidagi o‘chirilgan qaydlar haqidagi ma’lumotlarni saqlamaydi, shuning uchun bu ma’lumotlar abadiy yo‘qoladi.

Yaxshilangan ovozli chatlar

Hozir guruhlaringizda (masalan, @@TeleUzChat’da) faol bo‘lgan ovozli chatlar endi qo‘ng‘iroqlar bo‘limining yuqori qismida ko‘rsatiladi.

Ovozli chatlarda, shuningdek, ayrim ishtirokchilarning ovoz balandligini sozlash mumkin bo‘ldi. Guruh administratorlari tomonidan o‘zgartirilgan sozlamalar barcha tinglovchilarga qo‘llaniladi.

O‘QING: Telegram muassisi Pavel Durov qanday qilib Rossiyaning eng boy odamiga aylandi?

Yaxshilangan musiqa pleyeri

Pleyerdagi ijrochining ismini bosish orqali siz barcha chatlaringizdagi uning musiqalari to‘liq ro‘yxatiga o‘tishingiz mumkin. «Keyingi musiqa» va «Oldingi musiqa» tugmachalarini tinglash jarayonini tez oldinga yoki orqaga qaytarish uchun bosib ushlab turish mumkin.

Bundan tashqari, ijro etishni boshlash va to‘xtatish paytida musiqa tovushi mayin paydo bo‘ladi va mayin o‘chadi.

Suhbatni boshlash uchun stikerlar

Agar do‘stlaringiz Telegram’da yaqinda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, siz ularga Telegram’ning funksiyalari haqida gapirib berishingiz mumkin — yoki shunchaki taklif qilingan stikerni bir tegish bilan yuborib salomlashishingiz mumkin.

O‘QING: Telegram asoschisi Shavkat Mirziyoyevni eslab o‘tdi

Android’da yangi animasiyalar

Android’dagi Telegram ilovasi interfeysida yangi animatsiyalar paydo bo‘lmoqda: masalan, fayllarni yuklab olishda, musiqa pleyerida va ilovaga kirgandan chatlar ro‘yxati yuklanishida.

Barcha uchun qulay foydalanish

Android va iOS’dagi Telegram ilovasida TalkBack va VoiceOver funksiyalari qo‘llab-quvvatlashni sezilarli darajada yaxshilandi. Takliflar platformasidan foydalangan holda siz yangi tuzatishlar yoki yangiliklar uchun g‘oyalarni taklif qilishingiz mumkin.

Keyingi yangilanish ustida ishlashni davom ettirmoqdamiz. Yangiliklarni kuzatib boring!

2021 yil 28 yanvar, Telegram jamoasi.

O‘QING: «Sardobada jabr ko‘rganlarga» deb Telegram orqali pul yig‘ib, Suriyaga jo‘natgan «jihodchilar» qo‘lga olindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!