TikTok va yana beshta tanishuv ilovasini bloklagan ilk musulmon davlat qaysi bo‘ldi?

  •   DiMaX
  •  2127
  •  12.10.2020 11:01

TikTok va yana beshta tanishuv ilovasini bloklagan ilk musulmon davlat qaysi bo‘ldi?

AQSh hukumati va shaxsan prezident Donald Tramp Xitoyning TikTok ilovasiga qarshi kurashlaridan xabaringiz bor. Nihoyat, bu servisni amerikalik ikkita kompaniya sotib olishi va bu borada TikTok Global kompaniyasi tashkil etilishini prezident ma’qullagan, lekin mojarolar bu bilan ham tugamagan.

O‘QING: Tramp TikTok’ka qarshi: Xitoy va AQSh o‘rtasida liderlik kurashi qanday ketyapti? (Tahlil)

TikTok iyun oyining oxiridan boshlab Hindistonda taqiqlangan – Xitoy bilan ziddiyat kuchayganidan so‘ng xavfsizlik va maxfiylik sababli rasmiy Dehli unga va yana 58 ta xitoycha ilovaga taqiq qo‘ygan. Kuni kecha – 9 oktyabr sanasida Pokiston ham TikTok platformasini bloklab qo‘ydi.

Mamlakatning muvofiqlashtiruvchi idorasi – Pokiston telekommunikatsiya boshqarmasi (Pakistan Telecommunication Authority, PTA) bunga sabab qilib mazkur platforma orqali axloqsiz va uyatli kontent tarqalayotganini ko‘rsatgan.

Reuters xabar berishicha, TikTok servisining Pokistonda 20 milliondan oshiq fol foydalanuvchisi mavjud. Sensor Tower ma’lumotiga ko‘ra, bu ilova so‘nggi 12 oy davomida mazkur mamlakatda yuklab olingan ilovalar reytingida uchinchi o‘rinni egallagan.

Ta’kidlash kerakki, AQSh va Hindiston hukumati TikTok’ni cheklash sababi sifatida mamlakat xavfsizligiga tahdid hamda fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarining o‘g‘irlanishini ko‘rsatgan. Pokiston esa ma’naviy zarari sababli TikTok’ni bloklagan ilk mamlakat bo‘ldi. Mazkur islom davlati yana beshta tanishuv ilovasini ham bloklagan, ular orasida Tinder hamda Grindr ham bor.

O‘QING: Musulmonlar e’tirozi bois PUBG Mobile’dan butparastlik animatsiyasi olib tashlandi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!