TO‘LIQ RO‘YXAT: Koronavirus tufayli operatorlarimiz qaysi saytlarni bepul qilishdi?

  •   DiMaX
  •  5525
  •  20.03.2020 10:00

TO‘LIQ RO‘YXAT: Koronavirus tufayli operatorlarimiz qaysi saytlarni bepul qilishdi?

Beeline aloqa operatori 18 martdan boshlab abonentlariga qator yangiliklar saytlarini bepul qilgan, keyin esa Mobiuz (sobiq Universal Mobile SystemsUMS) ham o‘z abonentlariga shunday imkoniyatni taqdim etgan edi. Shuningdek, Ucell ham koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashga hissa qo‘shish uchun ta’lim va axborot saytlarini narxlashsiz taqdim etishini e’lon qildi.

O‘QING: «O‘zbektelekom» internet xizmatlarini mahalliylashtirdi: endi tezlik oshib, narxlar pasayadi!

Bundan tashqari, Bilayn O‘zbekistondagi abonentlari uchun joriy yilning 15 apreligacha Beeline TV ilovasida 60 dan ortiq telekanallarni bepul tomosha qilish imkonini ham berdi.

Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev esa yurtimizdagi uyali aloqa operatorlarining mobil tarmoqlari orqali kirish bepul bo‘lgan ta’lim va axborot saytlarining to‘liq ro‘yxatlarini jamlab e’lon qildi.

Demak, to‘liq ro‘yxat quyidagicha:

Beeline Uzbekistan abonentlari uchun:

- gazeta.uz;

- daryo.uz;

- uznews.uz;

- podrobno.uz;

- kun.uz.

Shuningdek, Beeline TV mobil ilovasida 60 dan ortiq kanal.

O‘QING: Beeline: internet-trafik endi kuymasdan, keyingi oyga o‘tadi

Mobiuz abonentlari uchun:

- daryo.uz;

- kun.uz;

- uznews.uz;

- gazeta.uz;

- podrobno.uz;

- uzreport.news;

- xabar.uz

- uz.khanacademy.org;

- eduportal.uz;

- kitob.uz;

- edumarket.uz;

- online-maktab.uz;

- talim.uzedu.uz;

- utube.uz;

- itschool.uz;

- kundalik.com.

O‘QING: UMS va Khan Academy O‘zbek uzoq muddatli hamkorlikni boshladi

Ucell abonentlari uchun:

- uzedu.uz;

- uz.khanacademy.org;

- stat.uzedu.uz;

- kundalik.com;

- emis.uzedu.uz;

- itsm.uz;

- eduportal.uz;

- edumarket.uz;

- kitob.uz;

- online-maktab.uz;

- maktab.uzedu.uz;

- talim.uzedu.uz;

- utube.uz;

- itschool.uz;

- coronavirus.uz.

O‘QING: Ucell abonentlariga xushxabar: endi besh oygacha raqamingiz o‘chmaydi!

Shuningdek, Xushnudbek postskriptumda quyidagicha qo‘shimcha qilgan:

P.S.: Xabaringiz yo‘qmi mabodo, milliy g‘ururimiz va milliy operatorimiz Uzmobile birorta aksiya e’lon qilmadimi hali? Umuman olganda, internet bo‘yicha milliy monopoliyamiz Uztelecom ushbu vaziyatda qandaydir katta hajmli yengillik beruvchi aksiya e’lon qilsa bo‘lardi.

TO‘LDIRISh: ushbu xabarimiz chiqqanidan so‘ng ma’lum vaqt o‘tib, koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi ham o‘z mijozlariga yengilliklar taqdim etdi. U o‘zining simli internet (Uzonline) va mobil aloqa (Uzmobile filiali) abonentlari uchun karantin davrida qator ommaviy axborot vositalari saytlari hamda ta’lim manbalaridan bepul foydalanish, shuningdek mobil aloqa abonentlari uchun «1003» qisqa raqamli ishonch telefoniga bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish hamda «ZiyoNET» xizmatidan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etdi. Bu xususda mana bu xabarimizdan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Biz esa yana shuni qo‘shimcha qilishimiz mumkinki, Perfectum uyali aloqa operatori hozircha koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida biror saytga bepul kirish imkonini bermagan. Lekin o‘z abonentlari uchun Sog‘liqni saqlash vazirligining Call-markazi – 1003 raqamiga qo‘ng‘iroqlar narxlanmasligini ma’lum qilgan.

ESLATMA: Yuqoridagi saytlarga kirganda telefoningizdagi zavoddan o‘rnatilgan brauzer orqali kirish tavsiya etiladi. Keyinchalik o‘zingiz o‘rnatgan boshqa brauzerlar, masalan Opera Mini orqali saytga kirsangiz, megabayt narxlanadi, ya’ni – bu resurslarga kirganingiz uchun pul hisoblanadi (yoki trafik limitingizdan sarflanadi). Shuningdek, saytlarga kirayotganda VPN ishlatmang – bunda ham bepul bo‘lmaydi.

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!