TOP-10: Dunyodagi eng tezkor Android-smartfonlar (AnTuTu talqini, 2018 yil, sentyabr)

  •   DiMaX
  •  4324
  •  04.09.2018 12:32

TOP-10: Dunyodagi eng tezkor Android-smartfonlar (AnTuTu talqini, 2018 yil, sentyabr)

Android-smartfonlarning samaradorligini baholovchi AnTuTu benchmarki jamoasi kuni kecha navbatdagi reytingni e’lon qildi. Unda 2018 yil avgust oyiga ko‘ra eng samarador mobil qurilmalarning ko‘rsatkichlari aks ettirilgan.

O‘QING: Jahonning eng kuchli smartfonlari, ularning narxi (2018 yil, avgust)

Tabiiyki, mazkur ro‘yxat AnTuTu’da amalga oshirilgan testlar natijasidan kelib chiqib tayyorlangan. Qizig‘i – bu oyda kuchli o‘ntalikkka naq uchta yangi model qo‘shilgan. Meizu 16 flagmani esa eng kutilmagan syurpriz bo‘lgan – u birato‘la ikkinchi o‘ringa chiqib, bir necha oydan beri yetakchilikni qo‘ldan bermayotgan Xiaomi’ning «Qora akula»siga salkam yetib olgan!

Mana, to‘liq ro‘yxatga nazar solamiz:

Kuchli uchlikni Smartisan Nut R1 yakunlab bergan – avvalgi oylarda u beshinchi o‘rinda edi. Undan keyingi ikki o‘rinni esa tegishlicha Vivo NEX Ultimate hamda Xiaomi Mi 8 Explorer Edition egallagan.

Tezkor smartfonlar o‘ntaligida 6–8-o‘rinlardagi Oppo Find X, OnePlus 6 hamda Samsung Galaxy Note 9 deyarli bir xil natija ko‘rsatishgan. Darvoqe, janubiy koreyaliklarning fableti – kuchli o‘nlikdagi «xitoylik» bo‘lmagan yagona gadjet hisoblanadi. U ham Samsung’ning Exynos 9810 emas, balki amerikalik chipsozning Snapdragon 845 protsessori bazasidagi modeldir.

Reytingdagi so‘nggi ikkita o‘rinda Xiaomi’ning Mi 8 hamda Mi Mix 2S smartfonlari turibdi. Umuman olganda, mutlaq g‘olib modeli bilan birga, «xitoycha Apple»ning jami to‘rtta smartfoni kuchli o‘ntalikka kirgan. Jahonning uchinchi raqamli smartfonsozi – xitoylik gigant Huawei’ning birortayam modeli bu reytingga kirmagani ham qiziq.

Darvoqe, samaradorlik bo‘yicha birinchi va ikkinchi o‘rinni olgan Xiaomi hamda Meizu, shuningdek Samsung kompaniyalarining bir nechta modellardagi smartfonlarini terashop.uz internet-do‘konimizdan bir yillik kafolati bilan, o‘zingizga qulay usullarda to‘lov qilgancha olishingiz mumkin.

O‘QING: Tanishing: yilning eng zo‘r 5 ta samartfoni

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!