TOP-10: «Sun’iy ong»li smartfonlar protsessorlari reytingi

  •   DiMaX
  •  3136
  •  13.07.2019 13:32

TOP-10: «Sun’iy ong»li smartfonlar protsessorlari reytingi

Xitoyning mashhur Master Lu benchmarki smartfonlarning samaradorligidan tashqari, boshqa jihatlarini ham tekshirishi bilan e’tiborga loyiq. Masalan, kuni kecha u e’lon qilgan reyting asosida antennasi eng kuchli smartfonlar reytingini taqdim etgandik.

O‘QING: Eng qattiq qizib ketuvchi smartfonlar e’lon qilindi

Ushbu servis jamoasi endi «sun’iy intellekt»ni qo‘llagan holda vazifalarni bajarishdagi samaradorligiga ko‘ra mobil protsessorlarni ham tekshirib ko‘rdi. Mazkur reytingni tayyorlashda ekspertlar 2019 yilning birinchi yarmi holatiga ko‘ra ma’lumotlardan foydalanishgan.

Shunday qilib, «sun’iy ong»li protsessorlarning yetakchisi Qualcomm flagmani – Snapdragon 855 bo‘ldi. Mazkur chipset, masalan, Samsung Galaxy S10+ (sotib olish) smartfonida qo‘llangan. Ikkinchi o‘rindagi Apple A12 protsessori esa iPhone XS (xarid qilish) hamda iPhone XR (sotib olish) modellariga o‘rnatilgan. MediaTek kompaniyasining Helio P90 protsessori (OPPO Reno Z modelida qo‘llangan) kuchli uchlikni yakunlab bergan.

Buni qarangki, Huawei tomonidan aynan «sun’iy idrok» bo‘yicha eng zo‘r protsessor, deya maqtalgan Kirin 980 chipseti atigi to‘rtinchi o‘rinnigina egallay bilgan. Kuchli o‘ntalikning qolgan o‘rinlarini esa amerikalik chipsozning turli rusumlardagi Snapdragon chiplari band etgan.

O‘QING: AnTuTu smartfonlarning o‘rtacha samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha TOP-o‘nligini e’lon qildi (2019 yil iyul)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!