Toshkent avtobuslarida bepul Wi-Fi paydo bo‘ldi

Toshkent avtobuslarida bepul Wi-Fi paydo bo‘ldi

Toshkent shahrida harakatlanuvchi 3 ta yo‘nalishli avtobusda Wi-Fi Bus loyihasi doirasida bepul Wi-Fi ishga tushirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda bepul Wi-Fi'dan 2-sonli, 38-sonli va 72-sonli avtobus yo‘lovchilari foydalanishlari mumkin. Unga qanday ulanadi?

Istalgan mobil qurilma yordamida Uzmobile-Wi-Fi tarmog‘idan kirish mumkin bo‘lgan Wi-Fi'ni tanlab, 9432 (Uzmobile abonentlari uchun) qisqa raqamiga yoki +99895 146-94-34 (boshqa mobil operatorlar abonentlari uchun) raqamiga xohlagan biror belgini  SMS tarzida yuborish kerak.

Internet tezligi qancha bo‘lishi ma’lum emas.

“Toshshahartransxizmat” xabarida qayd etilishicha, foydalanuvchilarda bepul Wi-Fi orqali faqatgina Ziyonet.uz portaliga kirish imkoniyati bor.

Yil so‘nggiga qadar yana 50 ta yo‘nalishli avtobuslarda bepul internet tarmog‘ini joriy etish rejalashtirilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.