Uyali aloqa operatorlari yana Telegram uchun cheksiz trafik bera boshlashdi
Rossiyada 2018 yildan beri Telegram messenjeri rasman bloklab qo‘yilgan edi. Nihoyat, kuni kecha Roskomnadzor ushbu taqiqni bekor qildi.
Shu munosabat bilan, Rossiyadagi uchli aloqa operatorlari o‘zlarining ayrim tariflariga Telegram’dan cheksiz foydalanish imkonini ham qaytara boshlashdi.
«Tinkoff Mobayl» bu borada birinchi bo‘ldi – kompaniya press-reliziga ko‘ra, Telegram yana limitsiz messenjerlar to‘plamiga kiradi. Mazkur paketdan foydalanayotgan abonentlarda jamlanma ichida Telegram avtomatik tarzda yana paydo bo‘ladi. Oylik to‘lovi 49 rublni tashkil etuvchi ushbu to‘plami doirasida mazkur operator WhatsApp, Telegram, Viber, Facebook Messenger, iMessage, TamTam va Imo messenjerlaridan cheksiz foydalanish imkonini taqdim etadi.
Yana ma’lum bo‘lishicha, Yota tarmoqlarida Telegram trafigi 33 foizga oshgan. Endi shu va boshqa Rossiya uyali aloqa operatorlari ham mazkur messenjer foydalanuvchilariga yanada ko‘proq imkoniyatlar berishsa kerak.
Eslatib o‘tamiz, BMT rahbariyati hamda Yevropa Komissiyasi o‘z xodimlariga yuqoridagi ayrim ilovalardan foydalanmaslikni tavsiya etgan.
O‘QING: Smartfoningizdagi 19 ta xavfli ilova: Facebook, Messenger, Shareit...