VIDEO: Sakkiz yarim daqiqada sotib tugatilgan Redmi Note 7 ichini ochib, qismlarga ajratib ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  7005
  •  15.01.2019 15:49

VIDEO: Sakkiz yarim daqiqada sotib tugatilgan Redmi Note 7 ichini ochib, qismlarga ajratib ko‘ramiz!

Xiaomi kompaniyasi bugun – 2019 yilning 15 yanvarida mustaqil brend tarzida ajratilgan arzon smartfonlarining birinchi modeli – Redmi Note 7 savdosini boshladi. Ushbu devays arzonligi va mustahkamligidan tashqari, 18 oylik kafolat muddatiga ega ilk smartfon ekanligi bilan ham ahamiyatli.

O‘QING: ANTIQA TEST VIDEOSI: Redmi Note 7 ekranini oshtaxta qilib ishlatishdi!

Redmi Note 7 o‘ta xaridorgir bo‘lishini payqagan Xiaomi undan bir milliontasini sotuvga tayyorlagan. Uning ilk partiyasi esa 8 daqiqayu 36 soniya ichida sotib tugatilgan! Kompaniya bu partiyada nechta smartfon bo‘lganini aniq aytmagan, ammo manbalar «yuz minglab» Redmi Note 7 sotilganini yozmoqda.

Ushbu «yong‘oqchaqar» smartfonning keyingi partiyasi 18 yanvarda sotuvga qo‘yiladi.

O‘QING: Bugun taqdim etilayotgan Redmi smartfoni bilan yong‘oq chaqib, uni tepkilab va ustiga o‘tirib ko‘rsatishdi! («jonli» videolar)

Bundan tashqari, internetga Redmi Note 7 smartfonining ichi ochib ko‘rsatilgan videosi ham chiqarildi. Mana, birga tomosha qilamiz.

Guvohi bo‘layotganingizdek, qurilmaning barcha tugmachalari va portlari rezina qoplamalar bilan ta’minlangan ekan.

O‘QING: KUTILMAGAN VIDEO: «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7’ni suv tubida ham ishlatib ko‘rsatishdi – «joni toshdan» ekan!