Xiaomi allaqachon arzonroq smartfonida Android Q tizimini sinab ko‘rmoqda!

  •   DiMaX
  •  1171
  •  27.11.2018 10:14

Xiaomi allaqachon arzonroq smartfonida Android Q tizimini sinab ko‘rmoqda!

Google kompaniyasi o‘z mobil operatsion tizimining o‘ninchi avlodi – Android Q talqinini 2019 yilning yozi oxirida yoki kuzida taqdim etishi kerak. Ammo u allaqachon ushbu tizimni tayyorlamoqda – avvalroq Geekbench servisida shu tizimli Pixel 3 XL hamda birinchi avlod Pixel smartfoni «qo‘lga tushgan».

O‘QING: Google tayyorlagan «kambag‘albop» Pixel 3 Lite taqdimotdan avval fosh etildi

Endi esa mazkur benchmarkda Android Q (ya’ni, Android 10) operatsion tizimining test talqini o‘rnatilgan Xiaomi Mi 8 SE smartfoni ham tekshirib ko‘rilganligi ma’lum bo‘ldi. Mana, uning Geekbench’dagi natijalariga nazar solamiz:

Aytish kerakki, Mi 8 SE smartfoni boshidanoq Android 8.1 Oreo bazasidagi MIUI 9.5 bilan taqdim etilgan. Keyinchalik grafik qobiqning MIUI 10 talqinigacha yangilanganida ham uning «o‘zagi» sifatida operatsion tizimning Oreo versiyasi qolgan edi. Android 9.0 Pie talqiniga asoslangan MIUI 10 beta-versiyasini u joriy yilning oxirigacha olishi rejalashtirilgan.

O‘QING: Xiaomi yana ikkita modeliga MIUI 10 tarqatmoqda, ammo oltita smartfonini endi yangilamasligini aytdi

Mi 8 SE modeli – Xiaomi kompaniyasi o‘rta narx toifasiga mansub, Snapdragon 710 protsessorli smartfonidir. Modomiki kompaniya uni Android Q talqinigacha yangilayotgan ekan, shunday xulosa qilish mumkin: mazkur apdeyt «xitoycha Apple»ning uncha qimmat bo‘lmagan boshqa smartfonlariga ham taqdim etiladi.

Xiaomi’ning jahon bozoriga allaqachon taqdim etilgan aksariyat smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni mavjud. Do‘konimizga yangi kelgan, hali quyidagi narxnomamizga kirmagan mobil kinoteatr – Mi Max 3 fabletini bo‘lsa 2 188 000 so‘m evaziga sotib olishingiz mumkin.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini Terashop.uz’dan oling (2018 yil 20 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!