Xiaomi arzon flagmanining xotirasini ikki karra kuchaytirib, atigi 338 dollardan sotmoqchi

  •   DiMaX
  •  2131
  •  27.07.2018 13:26

Xiaomi arzon flagmanining xotirasini ikki karra kuchaytirib, atigi 338 dollardan sotmoqchi

Ushbu yilning 31 may sanasida Xiaomi kompaniyasi o‘zining yubiley flagmani – Mi 8 modelini taqdim etganidan xabaringiz bor. Korporatsiya birato‘la uning «ukasi» – Mi 8 SE hamda «akasi» – Mi 8 EE talqinlarini ham namoyish etgan.

O‘QING: Xiaomi Mi 8’ning premial talqini kutilganidan arzon narxda sotuvga chiqmoqda

Bular orasida Xiaomi Mi 8 SE modeli xotira hajmiga ko‘ra ikki xil talqinda bo‘lishi aytilgan. Tezkor va doimiy xotirasining hajmi tegishlicha 4 va 64 gigabaytlik xotiraga ega versiyasiga 280 dollar, 6/64 gigabaytlik xotirali versiyasiga esa 310 dollar narx belgilangan.

«Xitoycha Apple» endi ushbu arzon flagmanining yangi versiyasini ham chiqarishini ma’lum qildi – uning doimiy xotirasi hajmi naq ikki baravarga oshirilib,  128 gigabaytga yetgan. Tezkor xotirasi esa o‘zgarishsiz qolgan – 6 gigabayt. Xiaomi yangi talqindagi Mi 8 SE uchun taxminan 338 AQSh dollariga teng narx belgilagan.

O‘QING: Mi 8 SE -- arzon flagmanning yurtimizda kutilayotgan narxi

Xiaomi Mi 8 SE modeli yakka kristalli Qualcomm Snapdragon 710 chipiga ega ilk smartfon bo‘layotir. Uning asosiy kamerasi 12 va 5 megapiksellik modullarni o‘z ichiga oladi. Old kamerasi esa selfisevarlar uchun ayni muddao – naq 20 megapikselli! Ushbu «arzon flagman»ning tok sig‘imi 3120 mA/soatlik akkumulyatori Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan ta’minlangan.

Ta’kidlash kerakki, Xiaomi korporatsiyasi bundan ikki kungina avval ommabop Redmi Note 5 smartfonining ham xotirasi kuchaytirilgan – 6/128 gigabaytlik yangi talqinini eski narxda taqdim qilgandi.

O‘QING: Ommabop Xiaomi smartfonlaridan birining xotirasi ikki karra kuchaytirilmoqda, narxi esa eskicha...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!