Xiaomi kamerofonlar bobida Huawei va Nokia bilan bellashmoqchi!

  •   DiMaX
  •  1218
  •  22.01.2020 16:27

Xiaomi kamerofonlar bobida Huawei va Nokia bilan bellashmoqchi!

Bugungi kunda smartfonlarning muhim elementlaridan biri aynan kamera hisoblanadi. Shu boisdan ham smartfonsozlar o‘z qurilmalari uchun optimizatsiya qilingan datchiklar borasida ularni ishlab chiqaruvchilar bilan shartnoma tuzishadi.

O‘QING: Samsung kompaniyasi 108 MPlik kamera borasida Xiaomi’ni boplagan ekan!

Masalan, Nokia brendi optik sensorlar borasida Ziess bilan, Huawei esa Leica bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Xiaomi o‘z kamerofonlarida Samsung datchiklarini qo‘llayotgan bo‘lsa-da, bunga qanoat qilmayapti.

Lenovo kompaniyasidan yaqindagina «Xitoycha Apple» vitse-prezidenti lavozimiga o‘tgan Chang Cheng (Chang Cheng) bugun Weibo ijtimoiy tarmog‘ida so‘rovnoma e’lon qildi. Unda Xiaomi o‘z smartfonlari uchun kameralar tayyorlashda qaysi kompaniya bilan hamkorlik qilgani ma’qulligi haqida foydalanuvchilar fikri so‘ralgan.

Xiaomi fanatlariga tanlov uchun Canon, Nikon va Hasselblad variantlari taklif etilgan, yana bularning barchasini rad etish varianti ham bor. Hozirda so‘rovnomada Hasselblad brendi yaqqol yetakchilik qilmoqda – uning tarafdorlari Canon’ni tanlaganlardan naq ikki baravarga ko‘p. Nikon uchun juda kam ovoz berilgan; tag‘in bulardan hech birini ma’qullamaganlar soni Nikon ixlosmandlaridan ko‘proq ekan.

Aytish kerakki, mazkur so‘rovnoma ushbu kompaniyalardan birining datchiklari Xiaomi smartfonlarida yaqin orada paydo bo‘lishini anglatmaydi. Kompaniya hali uzoq kelajakni ko‘zlayotgan yoki shunchaki fanatlar fikrini aniqlash maqsadida so‘rovnoma tashkil etgan bo‘lishi ham mumkin.

O‘QING: 256 MPlik kamerali ilk smartfonni kim tayyorlaganini bilasizmi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!