Xiaomi Mi 9 yana bir jihat bo‘yicha Galaxy S10’ga yetib oldi!

  •   DiMaX
  •  1867
  •  09.04.2019 14:19

Xiaomi Mi 9 yana bir jihat bo‘yicha Galaxy S10’ga yetib oldi!

Videoo‘yinlarda ekranning kadrlar yangilanish chastotasi muhim rol o‘ynaydi. Bu jihatdan yuqori chastotali qurilmalarda geymerlar voqealarga tezkorlikda reaksiya bildirib, silliq va qulay o‘ynay olishadi.

O‘QING: Assassin’s Creed: Kingdom – vikinglar davrida jangga kiramiz! (+video)

Fortnite o‘yini smartfonlarda o‘ynash uchun endigina taqdim etilgan payti, unda displeyi 60 FPS ko‘rsatkichida, ya’ni soniyasiga 60 kadr almashinish chastotasi bilan ayrim flagmanlargina o‘ynay olardi. Bular – so‘nggi modellardagi iPhone’lar va Samsung flagmanlari, Honor View 20 hamda Huawei Mate 20 X qurilmalaridir.

Endi esa ushbu ro‘yxatga Xiaomi Mi 9 flagmani ham qo‘shildi. XDA Developers portali foydalanuvchisi Maks Vaynbaxning ta’kidlashicha, «xitoycha Apple»ning ushbu smartfonida Fortnite o‘yinini soniyasiga 60 kadr chastotada o‘ynash mumkin.

Aytish kerakki, Fortnite ishlab chiquvchisi – Epic Games rasmiy saytida bu o‘yinni Xiaomi Mi 9 ham qo‘llab-quvvatlashi rasman qayd etilmagan. Ehtimol, studiya yaqin orada bu qo‘llanmasini yangilab, yuqori samaradorlikda Fortnite o‘ynash mumkin bo‘lgan yangi smartfon modellarini ham kiritib qo‘yishar.

Xiaomi Mi 9 (sotib olish) flagmani sakkiz yadroli Snapdragon 855 protsessoriga, Adreno 640 grafik tezlatgichiga hamda 6 gigabaytlik tezkor xotiraga ega. Shunday ekan, uning Fortnite o‘yinida samaradorlik bo‘yicha Galaxy S10 (xarid qilish) smartfoniga yetib olgani ajablanarli emas.

O‘QING: Fortnite’da bolalarni o‘ldirishyapti – buni ota-onalarning o‘zlari iltimos qilishmoqda! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!