Xiaomi Mi 9X ham tayyor: xususiyatlari teng bo‘lsa-da, Mi 9 SE’dan arzon smartfon!

  •   DiMaX
  •  2074
  •  27.03.2019 09:56

Xiaomi Mi 9X ham tayyor: xususiyatlari teng bo‘lsa-da, Mi 9 SE’dan arzon smartfon!

Shu kunlarda internetda paydo bo‘lgan ma’lumotga ko‘ra, Xiaomi kompaniyasi bultur aprelning oxirida taqdim etgan Mi 6X smartfonining davomchisini Mi 7X emas, balki Mi 9X nomi bilan taqdim etadi. O‘tgan yilgi o‘sha qurilmaning global versiyasi Mi A2 (sotib olish) nomi bilan chiqarilgan bo‘lsa, bu yilgisi Mi A3 bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi Mi A3 hamda Mi A3 Lite: daktiloskopli ekran, 32 MPlik selfi-kamera!

Insayderlarga ko‘ra, Mi 9X modeli diagonaliga 6,4 dyuymlik AMOLED-ekranga ega. Tomchisimon «o‘yiq»li displeyga barmoq izi datchigi ham integratsiya qilinadi.

Xiaomi Mi 9X texnik ta’minoti asosini Snapdragon 675 protsessori tashkil etadi, uning tezkor xotirasi esa 6 gigabaytlik bo‘ladi. Qurilmani quvvat bilan 3300 mA/soatlik akkumulyator ta’minlab turadi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari endi qimmatlaydi – buni shaxsan kompaniya bosh direktori aytdi!

Selfi uchun ushbu smartfonda 32 megapiksellik old kamera ajratilgan. Bosh kamera esa uch modulli bo‘lib, asosiy datchigi – naq 48 megapiksellik Sony IMX586 sensoridir. Undan tashqari bosh kamera jamlanmasiga o‘ta keng burchakli ob’yektivga ega 13 MPlik hamda qo‘shimcha 8 MPlik modullar kiradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mi 9X modelining boshlang‘ich konfiguratsiyadagi – 64 GBlik ichki xotiraga ega talqini taxminan 255 dollardan bozorga taqdim etiladi. Bu esa Xiaomi’ning arzonlashtirilgan Mi 9 SE flagmaniga qaraganda ancha past narxdir. Hozirda esa «xitoycha Apple»ning bir qator smartfonlari qatori, zamonamizning eng kuchli flagmani bo‘lgan Mi 9 modelini ham Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: AnTuTu rekordchisi Mi 9 va yap-yangi Redmi 7 ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlari yanada arzonlashdi! (2019 yil 26 mart)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!