Xiaomi to‘rtta smartfoniga barqaror MIUI 11 tarqatmoqda, shundan ikkitasi global proshivkalar!

  •   DiMaX
  •  2172
  •  11.11.2019 16:49

Xiaomi to‘rtta smartfoniga barqaror MIUI 11 tarqatmoqda, shundan ikkitasi global proshivkalar!

«Xitoycha Apple» kuni kecha o‘zining naq o‘n beshta rusumdagi mobil qurilmalari uchun xitoycha versiyalardagi MIUI 11 grafik qobig‘iga asoslangan proshivkalarni taqdim etgandi. Ular safiga yana ikkitasi qo‘shildi – Redmi Note 5 hamda Mi 5s Plus modellari.

O‘QING: Eng arzon yangi Redmi’larga barqaror global MIUI 11 muddatidan avval kelyapti!

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Redmi Note 5 modeli o‘tgan yili taqdim etilgan o‘rta narxli smartfon bo‘lsa, Mi 5s Plus modeli – 2016 yilgi flagmandir. Ya’ni, Xiaomi nisbatan eski modellarni tashlab qo‘ymasdan, ular uchun ham yangi grafik qobiq bazasida proshivkalar ishlab chiqishni to‘xtatmayapti. Barqaror MIUI 11 mazkur ikki qurilma uchun ham Android 9.0 Pie asosida tayyorlangan.

Bundan tashqari, kompaniya ikkita rusumdagi smartfon uchun barqaror MIUI 11 bazasidagi global proshivkalarni ham tarqata boshladi. Bulardan birinchisi – 2016 yilda chiqqan Xiaomi Mi Mix bo‘lib, uning yangi proshivkasi asosida Android 9 Pie operatsion tizim talqini yotadi. 2017 yilning iyulida namoyish etilgan Xiaomi Mi Max 2 fableti uchun taqdim etilgan proshivka esa, afsuski, haliyam eski – Android 7.1 Nougat tizim talqiniga tayanadi.

Tabiiyki, dunyo bo‘ylab yuqoridagi modellardagi smartfonlarga yangi proshivkalar bosqichma-bosqich tarqatiladi. Ulardagi o‘zgarishlar va yangi imkoniyatlar haqida mana bu maqolamizda ma’lumotlar berganmiz. Xiaomi kompaniyasining aksariyat smartfonlarini 810 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: To‘rtta narx toifasiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar reytinglari (AnTuTu, 2019 yil oktyabr)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!