Xiaomi va Redmi smartfonlari kuchli radiatsiya tarqatishi qanchalik to‘g‘ri?

  •   DiMaX
  •  4141
  •  12.11.2019 15:00

Xiaomi va Redmi smartfonlari kuchli radiatsiya tarqatishi qanchalik to‘g‘ri?

Barcha mobil qurilmalar o‘zidan ma’lum miqdorda radiatsiya nurlanishi chiqarishini bilasiz. Xususan, Xitoyning arzon telefonlarida bu ko‘rsatkich xavfli darajada yuqori, degan qarashlar mavjud.

O‘QING: Smartfon radiatsiyasi sichqonda saratonni keltirib chiqardi, odamda-chi?

Ushbu omil smartfonlarning solishtirma yutilish koeffitsiyenti (Specific Absorption Rate, SAR) ko‘rsatkichlarida aks ettiriladi. Mazkur tushunchalar haqida esa mana bu maqolamizda kengroq ma’lumot berilgan.

Xiaomishka resursining Twitter orqali ma’lum qilishicha, «Xitoycha Apple» smartfonlarida nurlanish ko‘rsatkichi odamlar vahima qilganlaridek yuqori emas ekan:

Aytish kerakki, SAR ko‘rsatkichining o‘lchov birligi bir kilogramm vaznga to‘g‘ri keladigan vatt bilan o‘lchanadi va turli mamlakatlarda unga qo‘yiladigan talablar o‘zaro sal farqlanadi. Yevropa mamlakatlari talablariga ko‘ra, telefonlarning SAR ko‘rsatkichi 2 Vt/kg.dan oshmasligi lozim. AQShning Aloqa federal komissiyasi (FCC) bo‘lsa, SAR ko‘rsatkichi 1,6 Vt/kg.dan oshmaydigan qurilmalargagina sertifikat beradi.

O‘QING: Xiaomi to‘rtta smartfoniga barqaror MIUI 11 tarqatmoqda, shundan ikkitasi global proshivkalar!

Shunday qilib, Xiaomishka e’lon qilgan natijalarga ko‘ra, so‘nggi rusumlardagi Xiaomi va Redmi smartfonlarida odam boshi va tanasiga tushadigan SAR ko‘rsatkichlari quyidagicha:

  1. Redmi 8: 231 (bosh), 1,480 (tana) – (sotib olish)
  2. Redmi 8a: 0,231 (bosh), 1,480 (tana) – (sotib olish)
  3. Redmi Note 8T: 0,191 (bosh), 1,034 (tana)
  4. Redmi Note 8: 0,191 (bosh), 1,034 (tana) – (sotib olish)
  5. Redmi Note 8 Pro: 0,997 (bosh), 1,466 (tana) – (sotib olish)
  6. Xiaomi Mi 9 Lite: 1,42 – (sotib olish)
  7. Xiaomi Mi Note 10: 1,107
  8. Xiaomi Mi CC9 Pro: 1,107

Ko‘rib turibsizki, bu gadjetlar SAR ko‘rsatkichi bo‘yicha hatto eng qattiq talablar qo‘yuvchi AQSh o‘lchovlariga ko‘ra ham xavfli emas. Shunday ekan, Xiaomi smartfonlarini ikkilanmasdan 810 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan xarid qiling!

O‘QING: Mobil telefonlardan tarqalayotgan nur miya saratonini keltirib chiqarmas ekan

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!